2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi uchun eng dolzarb muammolar hal etilyapti

Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari eng chekka hududlarga ham kirib boryapti va aholi uchun eng dolzarb masalalarni o‘z yechimini topishga xizmat qilyapti.

Xususan, tuproq ko‘chalarning tosh yo‘llarga aylantirilishi, elektr energiyasi, gaz yoki ichimlik suvi ta’minotida yechim topilayotgan muammolar, bularning barchasi – yozda qishga ko‘rilayotgan hozirlik aslida. Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tanlab olingan eng og‘ir hududlardagi bu kabi tizimli masalalarning aksariyati esa dasturlarga qo‘shimcha ko‘mak sifatida ichki imkoniyatlar hisobidan hal qilinyapti.

Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhining murojaatlar asosidagi o‘rganishlari natijasida 139 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirilyapti. Ayni paytda biz turgan yaqinda Qo‘qon shahri tarkibiga kiritilgan “Oydinbuloq” mahallasining o‘zida 14 km tuproq yo‘llarga shag‘al yotqizilmoqda.

Shu bilan birga, 107 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida 1 640 tonna asfaltbeton qorishmasi bilan chuqurchalar ta’mirlandi, 82 dona nur qaytaruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi va 25 ta joyda piyodalar o‘tish joylarini belgilash ishlari bajarildi.

Oydinbuloqliklarning aytishicha, 35-40 yil deganda ko‘chalar ta’mirlanib, eskirgan simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirilyapti. Yangi transformator o‘rnatilishi bilan 200 ga yaqin xonadon nurafshon bo‘lyapti.

Marg‘ilon shahri Chorchinor mahallasida ham hudud aholisi murojaatlari asosida yangi transformator va beton ustunlar o‘rnatilib, 1,5 km. tarmoq tortildiki, bu bilan 4 mingdan ziyod chorchinorliklarni o‘ylantirgan katta masala nihoyat hal qilindi.

Jami elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 113 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 3 dona transformator o‘rnatildi hamda 4,7 km tarmoq tortildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat tibbiyot muassasalaridagi tajribali, yuqori malakali shifokorlar ishtirokida Yozyovon, Quva, Toshloq tumanlari, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida tashkil qilingan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar davomida 85 nafar bemorga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanmalar berildi.

Oltiariq, Farg‘ona, Uchko‘prik tumanlari, Qo‘qon va Quvasoy shaharlarida esa ishsiz-ehtiyojmand 398 nafar murojaatchiga subsidiya asosida tikuv mashinalari, motokultivatorlar, inkubatorlar va boshqa mehnat anjomlari olib berildi.

Bundan tashqari, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 3 050 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 161,8 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi.

Bu kabi bunyodkorlik, obodlik va ezgulik harakati Farg‘onaning barcha tuman-shahrini qamrab olgan. Xalq bilan muloqotning “Oqqo‘rg‘on tajribasi” “Inson qadri uchun!” g‘oyasini hayotga tatbiq qilishda yana bir samarali mexanizm bo‘lib xizmat qilyapti.

13.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar