Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Prezident qarori ijroda va nazoratda

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 2 maydagi “2023 – 2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning ushbu qarori hamda “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida xotin-qizlar va ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Mirzacho‘l tumani mahallalarida ham bir qator xayrli ishlar amalga oshirilayotir.

Jumladan, tumanning 1-sektori hududidagi “Yangidala” qishloq fuqarolar yig‘inida tuman hokimi Sh.Ahmedov tashabbusi bilan hokim yordamchisi X.O‘roqboyev, xotin-qizlar faoli Ch.Ismoilovalar birgalikda ishsiz aholini kasbga o‘rgatish, hunarmandchilikka jalb qilish, davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mirzacho‘llik 2 nafar xotin-qiz Marg‘ilon shahriga adras to‘qish hunarini o‘rganib kelish maqsadida yuborilgan edi.  

Farg‘ona vodiysidan hunar o‘rganib kelgan ayollar bugun tumandagi Yangidala mahallasida adras to‘qish dastgohini o‘rnatib, markaz tashkil etdi. Hozircha markazning dastlabki bosqichida 2 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, adras to‘qishga qiziqish bildirayotgan mahalladagi 20 nafar qizlar usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rganmoqda. Momolari qilib kelgan bu ishni mirzacho‘llik ayollar qisqa fursatda o‘zlashtirib olishlari shubhasiz.  

Bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash, band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash, yoshlarni, ayniqsa xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida Jizzax shahrida ham bir qator ishlar amalga oshirilayotir.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Jizzax shahar bo‘limi tomonidan Jizzax shahridagi “Ishga marhamat!” monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 63 korxona va tashkilotlar o‘zining 1 ming 230 bo‘sh va kvotalangan ish o‘rinlari bilan hamda shahar hududida joylashgan ishlab chiqarish qo‘shma korxonalari ishtirok etdi.  

Ushbu mehnat yarmarkasida shahar mahallaridagi ishsiz, probatsiyada ro‘yxatda turgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar, xotin-qizlar hamda yoshlar qatnashdi.

Tadbir avvalida tashkil etilgan Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi milliy hunarmandlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari ko‘rgazmasi, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.  

Bundan tashqari, yarmarkada tijorat banklari tomonidan ishsiz hamda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga imtiyozli kreditlar bo‘yicha huquqiy maslahat berildi. Ishtirokchilaridan 14 nafari o‘zi tanlagan bo‘sh ish o‘rinlariga, 8 nafari kasb-hunarga o‘qitish “Ishga marhamat!” monomarkaziga hamda 3 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘llanma oldi.

03.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar