2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident topshirig‘i amalda: Javpayada 400 dan ziyod oila yer egasiga aylandi

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi Javpaya va Qayroq massivlarida yerlarni o‘zlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Javpaya massivida qo‘shimcha o‘zlashtirilayotgan yangi yer maydonlarida tashkil etilgan intensiv o‘rikzorda bo‘lib, hudud aholisi va tuman faollari bilan muloqot qildi.

Prezidentimizning foydalanilmayotgan yerlarda irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga o‘zlashtirish, bu yerlarni yoshlarga bo‘lib berish orqali ularni ish bilan, daromad bilan ta’minlash borasidagi topshiriqlaridan kelib chiqqan holda 2022 yil boshida o‘zlashtirishga kirishilgan Javpaya massivida jami 1000 gektarga yaqin yer foydalanishga kiritilmoqda.  

Massivning yuqori qismida tog‘lar bag‘rida esa o‘rik bog‘i barpo etildi. Hozirgi kunda birinchi bosqichda 230 gektar yerga xorijdan keltirib ekilgan o‘rik ko‘chatlari kurtak otdi. Hududda tomchilab sug‘orish tizimi o‘rnatildi. Yangi o‘rikzor, 50 sotixdan lotlarga ajratilib, kooperatsiya usulida mahalliy aholiga, ishsiz yoshlarga ajratib berildi.  

O‘rik qatorlari oralariga poliz ekinlari, oshqovoq, dukkakli ekinlar ekishga kirishilmoqda. Kelgusida shuningdek, farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida muhim hisoblangan za’faron yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yer egasiga aylangan mahalliy aholi vakillari bilan muloqot qilgan Farg‘ona viloyati hokimi Davlatimiz rahbarining e’tiborlari bilan So‘xda amalga oshirilayotgan bu ulkan ishlarning asosiy maqsadi – aholining bandligini ta’minlash, ishlash uchun xorijga bormasdan, o‘z uylarida yashab mehnat qilish imkoniyatiga hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish ekanini qayd etdi.  

Sekundiga 200 litr suv tortish quvvatiga ega 5 ta nasosdan iborat stansiya yordamida Qalacha arig‘idan 426 mm diametrli quvur bilan 5 kilometr tarmoq tortib, 223 metr balandlikka suv chiqarish ishlari yakunlandi. Bu maqsadda jami 21 milliard so‘m mablag‘ viloyat mahalliy byudjeti hisobidan yo‘naltirilgan. Viloyat hokimi ikkinchi nasos stansiyasi qurish ishlari ham boshlanganini ma’lum qilib, Javpayada suv ta’minoti bilan bog‘liq hech qanday masala qolmasligini ta’kidladi.

14.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar