Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sud’yalar aholi murojaatlarini o‘rgandi

Poytaxtimizda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xo‘jaqulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov tomonidan aholi muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, joriy yil boshidan buyon huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan fuqarolarning murojaatlariga quloq tutish maqsadida Yunusobod, Yashnobod,  Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi. Galdagi sayyor qabul esa Bektemir tuman aholisi uchun bo‘lib o‘tdi.  

Qabulda jami 37 nafar fuqaro qabul qilindi. Qabul qilingan fuqarolarning 18 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha, 18 nafari fuqarolik ishlar bo‘yicha, 1 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi. Shundan 26 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 11 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.  

Jami 37 ta murojaatdan 26 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 11 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojaatlar qanoatlantirildi.  

Shuningdek, sayyor qabul doirasida sayyor sud ham bo‘lib o‘tdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan 5 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.  

Xususan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatini sodir qilgan shaxsga 1 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda, ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi.     

Ta’kidlash joiz, muddatidan avval shartli ravishda ozod qilingan mahkumlar jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda ularga nisbatan sud Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashi mumkin.  

15.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar