2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari rag‘batlantirilib, salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, shu kunlarda ularning bir guruhi sanatoriylarda davolanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Toshkent shahridagi “Chinobod Plaza” sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi. Anorboy ota Jalilov, Ashir ota O‘sarov, Antonina Kolomenseva, To‘lagan ota Imomov, Abbos ota Appanov bilan dildan suhbatlashdi.

– Sizlarni ko‘ray, bayram bilan tabriklay deb keldim. Bu, avvalo, sizlarning bayramingiz. O‘sha paytlardagi jasorat va matonatingiz tufayli keyingi avlodlar tinch, erkin yashadi. Mashaqqatli mehnat va zafarlarga to‘la hayot yo‘lingiz bugungi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi, vatanparvarlik maktabi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Siz bilan butun el-yurtimiz faxrlanadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Urush qatnashchilari hurmat va mehr og‘ushida yashayotgani, sog‘ligi yaxshi, hayotidan rozi ekanini aytdi. O‘zlari istiqomat qilayotgan hududda, farzand va nabiralarining hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

– Mana, yaqinda yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik, – dedi Prezident. – Mamlakatimiz rivojini oshirish, xalqimiz hayotini yaxshilash bo‘yicha katta marralar oldik. Mana shunday o‘zgarishlar paytida sizdek katta tajribaga ega insonlarning yonimizda bo‘lishi, maslahatlaringizni olish bizga cheksiz kuch-g‘ayrat beradi.

Nuroniylar e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qildi.

– Tabarruk duolaringizni olish, sizga qo‘shilib xalqimizning tinchligini so‘rash – katta baxt. Hayotda ko‘p-ko‘p sinovlarni ko‘rgan, qariyb bir asrlik hayot tajribasiga ega bo‘lgan sizday muhtaram insonlarning duolari ijobat bo‘ladi. Nuroniylarimiz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga bundan buyon ham katta e’tibor qaratamiz. Bu – biz uchun muqaddas burch va vazifadir, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

09.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar