
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash hamda davlat organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishini ta’minlash bo‘yicha o‘ziga xos samarali mexanizm yaratilgan.
Belgilangan vazifalarni samarali ijro etish maqsadida davlat organlari rahbarlari, shu jumladan, ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan soha mutasaddilari ishtirokida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolardan turli masalalarda 54 murojaat qabul qilindi. Ularning 32 tasi surishtiruv va tergov harakatlari bilan bog‘liq muammolar, 20 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga (o‘qishga) kirish va qayta tiklanish hamda ikkitasi mahkumlarning jazoni o‘tash muassasalarini o‘zgartish masalalarini tashkil etdi.
Murojaatlarning 29 tasi ijobiy hal etilib, chuqur o‘rganish talab etilayotgan 25 murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul jarayonida surishtiruv yoki dastlabki tergov harakatlaridan norozi 21 nafar fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. 6 nafar sobiq xodim ichki ishlar organlariga qayta ishga tiklandi hamda 2 nafar jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning jazoni o‘tash bilan bog‘liq muammolari ijobiy hal etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |