2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
"Birlashish nuqtasi" media anjumani o‘tkazildi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan "Birlashish nuqtasi" media anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja va boshqalar milliy ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlarda nodavlat media tuzilmalari ham muttasil ravnaq topib borayotganini ta’kidladi.  

Darhaqiqat, bugungi kunda media dunyosida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Dunyoda jurnalistika mislsiz tarzda o‘zgarib bormoqda. An’anaviy jurnalistikadan zamonaviy, kreativ, tezkor jurnalistikaga o‘tilmoqda. Jurnalistika sohasi keyingi yillarda keskin o‘zgarishlarga yuz tutgani barobarida bu jurnalistlarning o‘ziga ham, odamlarning, ayniqsa teletomoshabinlarga ham ta’sir etmoqda. Raqamli ommaviy axborot vositalari rolining keskin o‘sishi iste’molchilarining yangiliklarni olish usullarini keskin va sezilardi darajada o‘zgartirdi.  

Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik, oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi kunda ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Bu esa milliy media vakillari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shuni ham aytish kerakki, mamlakatimizda o‘tkazilgan referendum jarayoni nodavlat teleradiokanallari va jurnalistlar uchun juda katta tajriba maktabi bo‘la oldi.  

Media anjumanda bugungi jurnalistikada so‘z erkinligi, kuni kecha bo‘lib o‘tgan referendum jarayonlarida medianing  roli, nodavlat teleradiokanallarning ishtiroki haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, uchrashuvda tashkilotning nomi "O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi"dan "O‘zbekiston Milliy media birlashmasi"ga o‘zgartirildi.  

Milliy media birlashmasi o‘z safiga yanada ko‘plab yangi a’zolarni qabul qilishi, media vakillarining muloqot qiladigan, o‘zaro fikr almashadigan maydonga aylanayotgani hamda birlashish, bir bo‘lib jurnalistika sohasida katta marralarni zabt etish mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, umumiy yig‘ilishning kun tartibida tashkilotning 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlari va 2023 yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejasi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisining o‘rinbosari - Bosh direktori Abduaziz Abutalipov nomzodini tasdiqlash hamda tuzilmaning yangi a’zolarini qabul qilish bo‘yicha qarorlar tasdiqlandi. Tashkilot a’zolari jurnalistikaning bugungi va kelajagi bo‘yicha fikr almashishdi.  

03.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar