
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “Bo‘ston” MFY Yoshlar istirohat bog‘ida Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Xalq qabulxonasi mas’ullari, Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri va Toshkent viloyati hokimi ishtirok etib, ming nafardan ziyod aholidan tushgan murojaatlar o‘rganildi.
Muhimi, bu kabi ochiq, jonli muloqotlar orqali “Inson qadri uchun!” g‘oyasini amalda qaror toptirishga xizmat qilyapti. Bu esa Toshkent viloyati aholisi muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish imkonini bermoqda. Qabul davomida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, oila, xotin-qizlar, mehnat va bandlik kabi 20 dan ziyod yo‘nalishlardagi 50 nafardan ortiq murojaatchilar bilan suhbatlashib, qonuniy tartibda hal qilishga ko‘maklashdi. Ayrim fuqarolarga shu yerning o‘zida zarur tavsiyalarini berdi.
– Ko‘p yillardan buyon Qozog‘istonda ishlar edim, – deydi hududda yashovchi Qudratilla Rahmonov. – Mahallamda novvoychilik qilishni rejalashtirganman. Tadbirkorligimni boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ kerak bo‘lyapti. Viloyat hokimi bilan suhbatda tijorat bankidan 36 million so‘mgacha imtiyozli kredit olishga yo‘llanma oldim. Bank xodimlari tavsiyasi bilan endi yangi ishni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Qabullar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘nlab murojaatchilarga salomatliklarini tiklashi, davolanishi, bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun yo‘llanmalar ajratildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |