
Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati raisi T.Norboyeva Samarqand shahridagi Charmgari mahallasida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “beshlik” – rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida mahallalarda ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, notinch oilalar bilan ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyat yuzasidan fikr almashildi. Mahalla faollarining ish jarayonidan kelib chiqib, taklif va mulohazalari eshitildi.
Senatorlar “SamAntepGilam” korxonasining mahalladagi tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv chog‘ida besh nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik aravachasi topshirildi. Shuningdek, aholining murojaatlari eshitilib, ularni qiynab kelayotgan masalalarga mahalliy hokimliklar va mutasaddi idoralar jalb qilingan holda yechim topilishi ma’lum qilindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |