2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Senat Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi bilan muloqot qildi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Chimboy, Kegeyli va Xo‘jayli tumanlarida mahalla raislari, mahalliy kengash deputatlari, tadbirkorlik sub’ektlari, fermerlar, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari, nuroniylar, ijodkor va kashfiyotchi o‘quvchi yoshlar hamda talabalar bilan uchrashib, muloqot qildi.

Uchrashuvlarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, ushbu jarayonlarda jamoatchilik nazorati, mahalliy Kengash deputatlarining faol ishtiroki, xalq oldidagi hisobdorlik, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar, xususan, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati, uni ishlab chiqishga sezilgan ehtiyoj, unda aholi takliflarining aks ettirilgani haqida so‘z bordi.  

Xususan, Senat Raisi tuman va shahar kengashlari deputatlari, senatorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Senat va mahalliy Kengashlarning hamkorlikda ish olib borishi, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasiga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi aniq qilib belgilab qo‘yilayotgani, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi sifatida aks ettirilayotgani va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.  

Shuningdek, T.Norboyeva Chimboy va Kegeyli tumanlarida “Baxtli”, “Quyoshli”, “Xalqobod, “Gujim terek” mahallalari aholisi bilan uchrashdi, “Aktubatekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishib, mehnat jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.  

Bundan tashqari, Senat Raisi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrifi chog‘ida talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida universitetda tahsil olayotgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini takliflari ham eshitilib, o‘rtaga tashlangan masalalar nazoratga olindi.  

T.Norboyeva talabalar turar-joyida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan maxsus xonalar, to‘garak mashg‘ulotlari holatini ko‘zdan kechirdi. U yerda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan tikuv xonasida faoliyat yurituvchi talaba-qizlarning faoliyati bilan tanishdi. Yotoqxonadagi talaba yoshlar bilan suhbat davomida esa volontyorlar bilan suhbatlashib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni ijobiy baholadi.  

Bundan tashqari, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilgan normalar, xususan, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi davlatning oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri sifatida Bosh qomusimizga kiritilgani alohida e’tirof etildi. O‘z navbatida, yoshlar bundan juda ham mamnun ekanligini bildirib, el-yurt taraqqiyoti uchun yaxshi bilim olish, kasblarni puxta o‘rganish orqali o‘z hissasini qo‘shishlarini aytib o‘tdi.  

Tashrif doirasida Senat Raisi texnopark, monomarkaz, maktabdagi kasb-hunarga o‘qitish markazi, baxshichilik maktabi, hunarmandlar uyida ham bo‘lib, ijodkor va kashfiyotchi yoshlar, hunarmand oilalar bilan uchrashdi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi.  

26.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar