2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhining Toshkentdagi amaliy natijalari

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Toshkent shahridagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Yigirmaga yaqin vazirlik va idora rahbarlaridan tashkil topgan ushbu guruh poytaxtning barcha tumanlarida oʻrganishlar olib borib, bugunga qadar 618 mingta xonadon sharoiti bilan tanishdi.

Aholidan kelib tushgan murojaatlardagi muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi.

Jumladan, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash uchun elektr taʼminotida 168,1 km yangi tarmoqlar tortildi, 43 ta transformator, 144 ta temir-beton tayanchlar oʻrnatildi, 6,8 km tarmoq tortish uchun transheya qazildi. Undan tashqari shahar boʻyicha 32,0 km eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Markaziy bank tomonidan Olmazor tumani aholisiga qulay sharoitlar yaratish, kam taminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda mahallalardagi hududlarni tartibga keltirish va boshqa rejalashtirilgan tadbirlar uchun jami 2,5 mlrd. soʻm miqdorida homiylik mablagʻlari ajratildi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardan 13 nafariga tijorat banklari tomonidan 30,9 mln. soʻm miqdorida homiylik yordami koʻrsatildi.

Sogʻliqni saqlash, taʼlim, yoshlar masalalari ham Ishchi guruh eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, 110 846 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Kasallik aniqlangan 4 877 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 456 nafariga respublika muassasalarida davolanish uchun yoʻllanma berildi. 72 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyot oʻtkazildi. 349 nafar fuqaroga nogironlik guruhi belgilandi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Uchtepa tumani “Tepaqoʻrgʻon”, “Tinchlikobod”, “Diyorobod” mahallalari, “Lutfiy” sayilgohi, 2, 193, 297, 312-sonli umumtaʼlim maktablarida madaniy, sport tadbirlari tashkil etildi. “Katta Choʻponota” mahallasidagi sport maktabiga sport anjomlari topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 18 nafar oilalarga homiylik yordamlari koʻrsatildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar rahbarlarining 84 ta ommaviy sayyor qabullari tashkil etildi. Qabullar davomida jami 726 nafar fuqarolarning 753 ta masalalari koʻrib chiqilgan. 231 tasi ijobiy hal etilgan, 394 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 128 tasi qoʻshimcha oʻrganish uchun vaqt talab etganligi sababli nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

19.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar