2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tinchlik va og‘zibirchilik bor joyda manzillar obod bo‘laveradi

Prezident tashrifidan so‘ng...

Har bir mahalla o‘zida yurtning sirini saqlaydi. Sirni bilish esa juda oson – u bilan tanishish kifoya. Unda hamma narsa ochiq-oydin. Barchasi ko‘ringanidek. Bu yerda xalqning kayfiyati, dasturxonida nima bor-yo‘qligi, mamlakatda qanday o‘zgarishlar bo‘layotgani ro‘y-rost namoyon.

Davlat rahbarining hududlarga tashriflari davomida mahallalarni aylanishi an’anaga kirgani xalqqa manzur bo‘layotgani ham shundan.

Prezidentning Nukus shahridagi Altin jag‘is mahallasidagi tashrifini yoritgan jurnalistlar safida biz ham bor edik. O‘shanda hammasi juda samimiy o‘tgan edi. Yoshullilar, faollar, yoshlar davlat rahbariga o‘z mahallasidagi o‘zgarishlarni so‘zlab berishdi...

Bu haqda sal keyinroq batafsil to‘xtalamiz. Hozir esa Nukusdagi mahallalarda olib borilayotgan ishlar, o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tishni o‘rinli deb bildik.

O‘tgan yili Janabazar va Chimboy guzari mahallalarini obod maskanga aylantirishga kirishildi. Buning uchun barcha davlat idoralari va tashkilotlari bir yoqadan bosh chiqardi. Aholining yashash sharoitini yaxshilash, mahalla infratuzilmasini takomillashtirish, manzillarni obod etish bo‘yicha hamjihatlikda ishlandi. Bu ezgu tashabbus bugun Nukus shahrining barcha mahallalari bo‘ylab keng quloch yoygan.

Janabazar – Nukus shahrining chekka qismida, sahro qumlari o‘rtasida joylashgan mahallada. Bu yerning o‘ziga yarasha muammo va qiyinchiliklari ko‘p edi.

Uzunligi 850 metrlik Temir jol jag‘asi ko‘chasi bo‘yida 36 ta xonadon joylashgan. Bu xonadonlarning tomorqa yerlari tartibga keltirildi. Yigirmadan ortiq uy ta’mirlandi, ba’zilarining tomi shiferlandi. Ko‘cha bo‘yi maxsus texnikalar yordamida tekislandi. Piyoda va avtotransportda harakatlanish uchun qulaylik yaratildi.

Mahallada bunday katta-kichik ko‘chalar soni 40 ta. Har bir ko‘chada mana shunday o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu orqali butun mahallada qanday yangilanish bo‘lganini tasavvur qilish qiyin emas.

Chimboy guzari mahallasi hududiga odamlar bundan yigirma yillar oldin o‘rnasha boshlagan. O‘shanda uylar rejasiz qurilgani oqibatida ko‘chalar tartibsiz tushgan. Shuningdek, elektr energiyasi va ichimlik suvi yetishmasligi jiddiy muammolardan biri edi.

O‘n to‘rt ming nafardan ortiq aholi yashaydigan bu mahalla “Obod mahalla” dasturiga tushdi. Bugun bu yerdagi ta’mirlangan ko‘chalar, piyodalar yo‘lakchasi ko‘zni quvnatadi. Transformatorlar, zarar ko‘rgan ustunlar yangisiga almashtirildi. Elektr tarmoqlari bilan bog‘liq muammolar barham topdi. Ariqlar tozalanib, ko‘plab daraxtlar ekildi.

Hududda yengil konstruksiyadan to‘qimachilik korxonasi tashkil etildi. Natijada 300 dan ortiq xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Darvoqe, Prezidentimiz o‘tgan yili bu yerda qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida mahallaga tashrif buyurgan edi.

– Prezidentimiz har safar Qoraqalpog‘istonga tashabbuslar, yangi g‘oyalar, kutilmagan yangiliklar bilan tashrif buyuradi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Sag‘indiq Turmanov. – Bu galgi tashrifida ham shu an’ana bo‘ldi. Xususan, Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi katta yangilik bo‘ldi. Buning uchun alohida Qoraqalpog‘iston mahallalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, unga joriy yilda 250 milliard so‘m yo‘naltirilishi hazilakam ishmas. Shuningdek, kadastri yo‘q 38 mingta uy-joy va ko‘chmas mulk bo‘yicha tegishli hujjatlar qilib beriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonni “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozim, Prezidentning 2022 yil 25 oktyabrda “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida Orolbo‘yida 252 ta mahallada qator ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektida qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish belgilangan. Hududda hujjat ijrosi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Aytilganidek, Altin jag‘is mahallasiga qaytamiz. Bu yerda 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Manzilli ishlar Altin jag‘isda ham o‘z natijasini bermoqda.

– Yaqin-yaqingacha bu yer transport vositalari kelishi qiyin, kommunikatsiya tarmoqlari kamchil joy edi, – deydi mahalla raisi Nigargul Gobenova. – O‘tgan yili bu yer “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda gaz tarmoqlari yangilandi. Mahalla binosi yangi qurilib, uning atrofida bolalar maydonchalari, tibbiyot punkti, tadbirkorlikka ko‘maklashuvchi markaz, savdo shoxobchasi tashkil etildi. Zamonaviy sport majmuasi qurib bitkazilmoqda. Bunday yaxlit majmua aholiga qulaylik yaratadi. Davlatimiz rahbari mahalladagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi, sumalak saylimizda qatnashdi. Xonadonlarimizdan birida iftorlik qildi, xalqning dasturxonini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Bu o‘zgarishlar uchun barchamiz Prezidentimizga rahmat aytdik.

Mahallaning yeri unumdor emas. Aholi asosan xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali daromad oladi. Mahallada maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tikuvchilik korxonalari, novvoyxona, mebel ustaxonalari va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalari ko‘p. Kelgusida quyonchilik va baliqchilikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Tinchlik va og‘zibirchilik bor joyda manzillar obod bo‘laveradi. Orolbo‘yida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbuslar esa xalqimizning turmush tarzini yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga zamin bo‘ladi.

13.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar