2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda

“Obod qishloq” dasturi doirasida Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Cho‘ya”, Uchquduq tumanidagi “Qulquduq”, Tomdi tumanidagi “O‘tamurod” qishloqlari yangidan qiyofa kasb etib foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida joriy yilda Navoiy viloyatining 16 ta qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida 272  milliard so‘mlik ishlar yakdillik bilan olib borilayapti.

Bundan tashqari, “Obod mahalla” dasturi doirasi hududdagi 2 ta shaharning 5 ta mahallasida 65 milliard so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur hududlarda “Obod qishloq” dasturi doirasida birinchi navbatda aholi uchun zarur bo‘lgan ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari bunyod etilgani qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Shuningdek, mahalla guzari, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, qishloq vrachlik punkti, hammom, amfiteatr, futbol maydonchasi, bolalar maydonchasi qishloq ahlining, ayniqsa kelajagimiz egalarining uzoq yillik orzularini ro‘yobga chiqardi. Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, kichik tikuvchilik tsexi kabi loyihalar aholining bandligini ta’minlashda alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Fuqarolarga tadbirkorligini boshlashi uchun mikrokredit mablag‘lari ajratilgani esa aholi turmush farovonligi sari qo‘yilgan yana bir dadil qadamdir.

Nurota tumanining “Chuya” qishlog‘ini obod etish tadbirida qariyb 17,2 milliard so‘mlik, viloyat markazidan qariyb 400 kilometr uzoqda joylashgan Uchquduq tumani “Qulquduq” qishlog‘ini obod etish uchun 4,8 milliard so‘m, Tomdi tumani “O‘tamurod” qishlog‘ini obod etish uchun 7,3 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi.

Viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida ishlar davom etmoqda.

Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Tursunxan Xudoybergenov hamda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ishtirok etdi.

Navoiy viloyati hokimligi  Axborot xizmati

30.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar