2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalqqa xizmat qilish davlat xizmatchilari uchun muhim qoidaga aylanmoqda

Davlatimiz rahbari ilgari surgan “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil har bir davlat xizmatchisi uchun muhim qoidaga aylanmoqda.

Endilikda davlat xizmati samaradorligi xalq ehtiyojlarini qondirish, inson qadrini ulug‘lash bilan bevosita bog‘liq.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.  

Tadbirda davlat fuqarolik xizmatida islohotlar amalga oshirilib, sohani sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga harakat qilinayotgani qayd etildi.  

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqib, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi.  

Agentlik tashabbusi bilan tashkil etilgan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali —  vacancy.argos.uz ga 78 vazirlik va idora hamda barcha tuman (shahar) hokimliklari ulangan.  

Tashkilotlardagi mavjud vakant lavozim bo‘yicha 90 mingdan ortiq tanlov e’lon qilindi. 919 ming nomzod tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirgan. 2022 yilda 39 ming nafardan ortiq shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilindi.  

O‘tgan yilda agentlik tomonidan jami 68 ming 788 nafar davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha 90 dan ziyod o‘quv kurslari tashkil etildi. Yangi tartib asosida 832 ta sektor rahbarlari faoliyatining samaradorligi (KPI) yettita  yo‘nalishda baholanishi yo‘lga qo‘yildi.  

2022 yilda 15 ta davlat fuqarolik xizmatiga oid ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 190 ming nafardan ortiq respondent qamrab olingan.  

Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan beshta kompleks o‘rganishlar va mingdan ziyod monitoringlar o‘tkazildi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha kiritilgan ta’sir choralari natijasida 358 nafar xodimning mehnatiga haq to‘lashga oid buzilgan huquqlari tiklandi. 67 noqonuniy buyruq bekor qilindi. 55 nafar aybdorga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 6 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan, 3 nafar aybdorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.  

“Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish” (hrm.argos.uz) axborot tizimi ishlab chiqildi. Hozirda tizimga 4 mingga yaqin tashkilot ulangan.  

Davlatimiz rahbarining “Kelajak liderlari”ni shakllantirish tashabbusini amalda joriy etish maqsadida 6 ming 246 nafar iqtidorli yoshlar orasida o‘tkazilgan 4-bosqichli tanlov natijalariga ko‘ra, 630 nafar eng munosib yoshlardan iborat “Kelajak liderlari” klublari tashkil etildi.  

Rahbar kadrlar zaxirasini yaratishga ko‘maklashish maqsadida agentlik tashabbusi bilan “Kelajak liderlari” dasturlari amalga oshirildi. Dastur doirasida 7 ming nafardan ortiq 30 yoshdan oshmagan qobiliyatli yoshlar orasidan 50 nafar eng munosibi tanlab olinib, maxsus dastur asosida rahbarlikka tayyorlandi.  

28.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar