2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
«Oqqo‘rg‘on tajribasi» Jizzaxda qanday natijalar berdi?

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining shu yil avvalida «Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosida Arnasoy tumanidagi o‘rganishlari davomida aholining elektr energiyasi, gaz, ko‘mir, ichimlik suvi bilan bog‘liq eng birlamchi hayotiy masalalarini hal qilishga asosiy e’tibor qaratilgan edi.

Ayni shu tajriba bilan viloyatning barcha tuman-shahrida yordamga haqiqiy muhtoj insonlarni topib, ularga ko‘mak berish, Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilgan real muammolarga yechim topish, dasturlar ijrosini jadallashtirish borasidagi ishlar yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.

Arnasoy tumanidagi «G‘oliblar» mahallasi aholisi anchadan beri oqar suv masalasida murojaat qilib kelar edi. Murojaatlar tahlilidan so‘ng bu masala tegishli dasturlarga kiritilib, ayni kunlarda 5 km. irrigatsiya tarmog‘i bunyod etilyapti. Bu bilan 500 dan ortiq xonadon tomorqasidan qo‘shimcha daromad topish imkoni yaratiladi. Yoki tuman markazidan 25-30 chaqirim olisdagi «Bo‘ston», «Do‘stlik» mahallalarida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun 4,5 km. ichki irrigatsiya tizimi yangidan qurilishi tufayli 400 xonadon tomorqasi oqar suv bilan barqaror ta’minlanadi.

Arnasoyda «Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosidagi o‘rganishlardan so‘ng birgina Chinobod mahallasida 3 km. ichimlik suvi, 7,2 kilometrga yaqin elektr tarmog‘i tortildi, 3 km. tuproq yo‘l shag‘allashtirildi, 4 ta ko‘cha asfaltlandi. Piyodalar yo‘lakchalari barpo qilinib, simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi. Bundan tashqari, mahalladagi 12-maktabning qo‘shimcha o‘quv xonalari va yangi madaniyat zali, chinobodliklar uchun 12 o‘rinli tibbiyot maskani bunyod etish ishlariga ham aynan aholi murojaatlari asos bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida Jizzax viloyatining ham 74 ta mahallasida ichimlik suvi bilan bog‘liq eng dolzarb tizimli masalalar hal qilinyapti. Aytaylik, Zafarobodning Uzun va Samarqand qishloqlaridagi bunyodkorlik ishlari bois qariyb 750 ta xonadon obi hayot bilan barqaror ta’minlanadi.

Mirzacho‘l tumanidagi ana shunday yirik bunyodkorlik harakati natijasida esa «Toshkent», «Yangidala», «Paxtazor», «O‘zbekiston», «Gulzor» qishloqlaridagi 3 ming 140 dan ziyod xonadonga ichimlik suvi kirib boradi. Bu bilan 15,2 mingdan ziyod aholining eng birlamchi hayotiy muammosi hal qilib beriladi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi faoliyati davomida ham har bir tuman-shahardagi dolzarb, tizimli masalalar murojaatlar tahlili va dasturlar ijrosiga bog‘liq holda har tomonlama chuqur o‘rganildi. Xalq qabulxonalari, sektorlar va mahalla institutlarining uyg‘un faoliyati esa bu boradagi ishlar samaradorligini ta’minlashda muhim asos bo‘ladi.

29.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar