2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryo viloyatidagi muammolar hal etilmoqda

Xalq bilan doimiy muloqot, xonadonma-xonadon o‘rganishlar, muammolar yechimiga intilish, mahallalarni qamrab olayotgan bunyodkorlik harakati, oilaviy tadbirkorlik ravnaqi uchun sharoit yaratish, kengliklardan ufqlarga tutashayotgan xalq sayllari, mingyillik qadriyatlar tarannumi bugun sirdaryoliklarning hayot manzaralarida ham namoyon bo‘lyapti.

Xususan, Respublika ishchi guruhining “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosidagi faoliyati Prezident Xalq qabulxonalari, sektorlar va mahalla tizimlarining yanada uyg‘un, samarali ishlashini yo‘lga qo‘yish, dasturlar ijrosi va tizimli masalalar hal qilinishini jadallashtirishda yana bir muhim platforma bo‘ldi.

Viloyatdagi 112 ta mahallada dasturlar asosida bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. Deyarli har ikki-uch mahalladan bittasida yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi yoki elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq tizimli masalalar hal qilinyapti. Jumladan, jami 13,4 km yo‘l ta’mirlandi. Shundan, 8,7 km yo‘lga asfalt yotqizildi, 2,7 km betonlashtirildi, 2 km shag‘allashtirildi. Elektr ta’minoti masalasida 61 ta temir-beton tayanchlar, 6 ta transformator o‘rnatildi, 2,8 km yangi tarmoq tortildi.

Ichimlik suvini yaxshilash borasida 16,6 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 2 dona quduq va 5 dona suv minorasi qurilish ishlari bajarildi. Aytaylik, Sirdaryo tumani markazidan 20 km. olisdagi Sholikor mahallasi ahlining ham ichimlik suvi bilan bog‘liq ko‘p yillik muammosiga bu yil nihoyat yechim topildi. Dasturlar asosida 11,7 km. tarmoq tortilayotgani bilan 400 ta xonadon ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlanadi. Yoki Sayxunobodning Olg‘abos mahallasi aholisi murojaatlari asosida 180 metrdan chuchuk suv chiqarilyapti, 2,6 km. quvur bilan esa 70 ta xonadonga obi hayot kirib boradi.

“Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosidagi faoliyatdan ko‘zlangan yana bir maqsad – aholining dasturxoni to‘kinligi-yu ro‘zg‘ori butligini ta’minlashdan iborat. Shu maqsadda 541 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 13 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 195 nafar fuqaroga 4,1 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Jumladan, Yangiyer shahri Bobur mahallasida yashovchi Jamshid Hamroqulov xonadonidagi o‘rganishlardan so‘ng unga uyida baliqchilik bilan shug‘ulanishi uchun 30 million so‘m kredit ajratildi.

Yuksalish mahallasida yashovchi Bahriddin Danishev esa 300 million so‘m imtiyozli kredit evaziga xonadonida sut mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘ydi. Binokor mahallasi aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun avval Yangiyer shahri markaziga borgan bo‘lsa, endi o‘rganishlar asosida mahallaning o‘zida konteyner qo‘yilib, tibbiyot punkti tashkil qilindi.  

25.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar