
Buxoro viloyatida qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.
Xususan, viloyatda investitsiya dasturi doirasida mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 543 ta hamda tashabbusli byudjet doirasida 1 ta ob’ekt mavjud. G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonun buzilishlar bo‘yicha 6 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Yo‘l ko‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha 24 ta yozma ko‘rsatmalar berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, G‘ijduvon tumani “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Yangi O‘zbekiston massivida qurilayotgan 330 o‘rinli maktabning qurilish jarayoni o‘rganilganda massivda markaziy issiqlik tizimi mavjudligi sababli, maktabda yangi isitish qozoniga ehtiyoj yo‘qligi aniqlanib, 150 million so‘mlik pul mablag‘lari iqtisod qilindi.
O‘rganishlar so‘ngida soha bo‘yicha barcha mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yangidan boshlanuvchi ob’ektlarga shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishida buyurtmachi tashkilotlar va boshqa mutasaddilar tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi alohida ta’kidlandi. Bunga mas’ul bo‘lgan shaxslarning hisobotlari eshitildi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |