2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholining uzoq yillik muammosi hal bo‘ldi

Namangan viloyati Pop tumani Chig‘anoq mahallasi aholisining ko‘p yillik orzusi ushaldi. Ya’ni toza ichimlik suv bilan bog‘liq muammosi hal etildi.

Ayni damda tuman hokimi mas’ul birinchi sektorga biriktirilgan Chig‘anoq mahallasining Farovon ko‘chasida "Vodiy industriya" mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari davlat byudjetidan ajratilgan 2 milliard 800 million so‘m mablag‘ evaziga yangi suv inshootini qurib foydalanishga topshirdi. Bundan tashqari “Do‘stlik” ko‘chasidagi eski suv inshooti ham qayta ta’mirlanmoqda.

– Hududimiz Pop tumanidagi eng og‘ir hududlardan biri. Shu paytgacha aholi quduqdan suv tashib iste’mol qilgan. Ayniqsa, yog‘in-sochin kunlarda suv tashish mashaqqat edi, – deydi “Chig‘anoq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi No‘’monjon Abdurazzoqov. – Ichimlik suvning kelgani biz uchun yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olamga chinakamiga munosib tuhfa bo‘ldi. “Farovon”dagi 130dan ortiq xonadondagi 720 nafar aholi “obi-hayot”dan bahramand bo‘la boshladi. Hademay, “Obod” ko‘chasida ham 7,5 kilometr tarmoq bo‘ylab yangi tortilgan ichimlik suv inshooti ham ishga tushadi. Navro‘z bayramigacha ushbu ko‘chadagi 180 xonadonda 1 ming 250 kishi toza ichimlik suvidan foydalana boshlaydi. Umuman olganda, hukumatimizning chekka hududlarga qaratayotgan e’tibori tufayli qishlog‘imiz ko‘rkam va obod manzilga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezident Administratsiyasi ishchi guruhi vakillari hamda Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov yig‘ilganlarni bahoriy bayram va yarim asr deganda erishilgan tarixiy voqeylik bilan tabriklashdi. Bu ishlar yurtimizda “Insonga e’tibor” tamoyili doirasida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaldagi ifodasi ekanligi ta’kidlandi.

Suv inshooti qurilishidan tashqari Chig‘anoq aholisini ichimlik suv bilan to‘laqonli ta’minlash maqsadida jami 2 milliard 684 million so‘m evaziga 11,7 kilometr masofadagi ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari ham olib borildi.

20.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar