2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Qoraqalpogʻiston” zamonaviy shaharchaga aylandi

Nukus shahridan 420 kilometr uzoqda – bepoyon Ustyurt kengliklari bagʻrida joylashgan “Qoraqalpogʻiston” posyolkasida 43,5 milliard soʻmlik qurilish-rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Qoʻngʻirot tumaniga qarashli ushbu aholi punkti “Obod qishloq” dasturi asosida yangi qiyofa kasb etganidan, avvalo, hudud aholisi behad mamnun.

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 15 tumandan mazkur dasturga kiritilgan 30 qishloqning har birida ushbu posyolkadagi kabi qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 215,1 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilangan. Bugungi kunda dastur doirasidagi ishlarning 82 foizdan ortigʻi bajarilgan.

Aniq raqamlar misolida aytadigan boʻlsak, Qoraqalpogʻistonda 6 ming 848 turar joy binosi, 48 kilometr yoʻlak taʼmirlanib, 1 ming 393 dona tungi chiroqlar oʻrnatildi. Qishloqlar obodligi yoʻllar ravonligida ham koʻrinadi. Shu maqsadda 109,4 kilometr ichki avtomobil yoʻllari taʼmirlandi, 22 ta bekat yangidan qurildi.

Qishloqlarda 143 kilometr ichimlik suvi, 130 kilometr irrigatsiya va 50 kilometr melioratsiya tarmoqlari yaxshilandi. 368,5 kilometr elektr tarmogʻi tortildi va 177 dona yangi transformator oʻrnatildi. Shuningdek, 141,5 kilometrlik gaz tarmogʻida yangidan qurish, mukammal taʼmirlash va demontaj ishlari olib borildi. Xonadonlarga 4 ming 600 ga yaqin suyultirilgan gaz balloni yetkazib berildi. Bugungi kunda 63 ijtimoiy obyektda jami 30 milliard 998 million soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlari yakunlandi.

– Tuman markazidan 320 kilometr olisda joylashgan posyolkada bunday oʻzgarishlar boʻladi, desa, yil boshida ham birov ishonmasdi, – deydi “Qoraqalpogʻiston” posyolka fuqarolar yigʻini raisi Qutli Koshimbetova. – Oʻtgan asrning 70-yillarida qurilgan koʻp qavatli uylar butunlay taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Yomgʻir yogʻsa loy koʻcha, tomidan chakki oʻtadigan uy koʻz oʻngimizda paydo boʻlardi. Koʻp qavatli uylar yaqinida tartibsiz qurilgan pana-pastqam obyektlar koʻngilni xira qilardi. Bugun esa hammasi boshqacha – posyolkamiz zamonaviy shaharchaga aylandi. 

Posyolkada 25 ta koʻp qavatli uy, shuningdek, yoʻlak va yoʻllar taʼmirlandi. Koʻchalarga yoritgichlar oʻrnatildi. Yosh oilalar, kam taʼminlanganlar hamda nogironligi bor fuqarolar uchun 24 arzon uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. 2 kilometr toza ichimlik suvi tarmogʻi yaxshilandi, 21 ta transformator va 98 ta eski simyogʻoch ustuni, 2,2 kilometr gaz tarmogʻi va 16 ta gaz taqsimlash nuqtasi taʼmirlandi. 16,2 kilometr ichki avtomobil yoʻllari taʼmirlanib, 2 ta bekat qurildi.

Dasturning muhim jihati shundaki, nafaqat qishloq obod boʻldi, balki u yerda yashayotgan yurtdoshlarimiz doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. “Qoraqalpogʻiston” posyolka fuqarolar yigʻinida ham tikuv sexi ishga tushirilib, 80 nafar xotin-qiz doimiy daromad manbai bilan taʼminlandi.

Oʻtgan asrning 90-yillaridan buyon qarovsiz yotgan klub qayta taʼmirlanib, zamonaviy “Madaniyat saroyi”ga aylantirildi. Bu yerda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dasturga asosan turli madaniy-maʼrifay tadbirlar, teatr tomoshalari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“Obod qishloq” dasturi ijrosi doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Yesimxon Qanoatov, OʻzA

28.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar