
Toshkent shahar Yashnobod tumani aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida faoliyat olib borayotgan Ishchi guruh a’zolari Navro‘z bayrami oldidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi mavjud, boquvchisini yo‘qotgan va kasalmand oilalar holidan xabar oldi.
Jumladan, sektor rahbarlari, IIV mas’ul xodimlari, Yashnobod tumani Xalq qabulxonasi, mahalla raislari tomonidan Katta Qo‘yliq mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Venera Ahmedova, Mumtoz mahallasida istiqomat qiluvchilar 2-guruh nogironi Ma’suda O‘tbosarova, Fauza Sharipova, O‘rta Masjid mahallasida yashovchi Lyalya Suleymanova, Olga Genodman, Yosh avlod mahallasida yashovchilar Roza Ibragimova, Tatyana Ni, Uysozlar mahallasida yashovchi Sanobar Bekpo‘latova, Shahnoza Hadjibekova, Oydinkul mahallasida yashovchi Zulayho Shokirovalarga esdalik sovg‘a, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar yetkazib berildi.
Shuningdek, hududlardagi Katta Qo‘yliq, Qo‘yliqobod, Tarnov boshi, Behizor, Katta Yangiobod, Oydinko‘l, Asalobod, Shirinobod, Xosiyatli, Axmad Yassaviy, Alimkent, Ko‘ksaroy mahallalarida va boshqa mahallalar hududlarida ham tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, bemorlar holidan xabar olindi va dori-darmonlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |