2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qayta ijtimoiylashtirish muammosi o‘rganildi

Toshkentda “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qayta ijtimoiylashtirishda davlat idoralari va fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorligi” loyihasi doirasida Respublikamizning turli hududlaridagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, Respublika jamoatchilik birlashmalari, Yevropa Ittifoqi hamda Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi birgalikda moliyalashtirgan Nemis Xalq universitetlari assotsiatsiyasining mamlakatimizdagi filiali hamkorligida, milliy hamkorlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Ichki ishlar vazirligi ishtirokida tashkil etildi.

Anjumanda loyihani hayotga joriy qilish va penitensiar tizim faoliyati bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilindi, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surish bo‘yicha Germaniya tajribasi o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova Ombudsman tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha axborot berarkan, sudlanganlar va jazoni o‘tab chiqqanlarlar huquqi mavzusiga alohida to‘xtaldi.

Loyiha muvofiqlashtiruvchisi A.Goroxovning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti tinglandi.

2022 yil noyabr oyida hamkorlarning Germaniya Federativ Respublikasiga o‘quv safari uyushtirilib, ozodlikka chiqqanlarni qayta ijtimoiylashtirish bo‘yicha nemis tajribasi o‘rganilgan edi. Ishtirokchilarga mazkur tajriba bo‘yicha taqdimot namoyish qilindi.

– Mamlakatimizda fuqarolar huquqi, erkinligi kafolatini yanada kuchaytirish, jumladan, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yilgan, – dedi Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, professor F.Otaxonov. – Milliy qonunchiligimizni xalqaro standartga muvaofiqlashtirish bo‘yicha ishlar sezilarli jadallashgan. Xususan, ijtimoiy xavfsiz hamda og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga ilk bor saylash huquqi berildi, Umumiy, qattiq, maxsus, turma tartibi va tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan telefon so‘zlashuvi, uchrashuvi hamda jo‘natma qabul qilishi soni, qariyb, ikki barobar ko‘paytirildi. Qolaversa, mahkumlar iltimosiga ko‘ra, uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali so‘zlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga almashtirilishi joriy etildi. Kam ta’minlangan oila vakili bo‘lgan jazo muddatini o‘tayotgan shaxs yuqori haq to‘lanadigan ishga jalb qilinishi ta’minlandi. 

Yana bir muhim voqelik shundan iboratki, Ombudsmanga jazoni ijro etish koloniyasiga hech qanday to‘siqsiz kirish huquqi berildi. Jazoni ijro etish muassasalarida Ombudsmanga, prokurorga murojaat, ariza hamda shikoyat uchun alohida pochta qutilari o‘rnatilgan.

Mamlakatimizda keyingi yillarda ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga muqobil (qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan) jazo chorasi qo‘llash tendensiyasi ko‘paygan. Qonunga rioya etilishi prokuratura idoralari va Ombudsman tomonidan muntazam ravishda monitoring qilib borilmoqda.

Anjuman davomida “Jazoni ijro etish, davlat va fuqarolik jamiyatlari o‘rtasida hamkorlik qilish yo‘nalishiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgarishlar”, ”Jazoni ijro etish muassasalari bilan jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy adaptatsiya markazlari o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari va istiqboli”, “Ombudsman va uning hududiy vakillari bilan fuqarolik jamiyatlari o‘rtasida loyihani hayotga joriy qilish jarayonidagi hamkorlik tajribasi” kabi qator dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbirning ikkinchi kuni dasturi doirasida ishtirokchilar Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahri probatsiya xizmatlari faoliyati bilan tanishadi.
Jazolanganlarni qayta ijtimoiylashtirish sohasiga oid muammoli masalalar va ushbu muammolarni hal etish yo‘llari o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari bilan birga amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilnadi, taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.

01.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar