
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova Namangan viloyati Uychi tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.
Deputat mahallalarda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. “Oqtosh” MFYda saylovchilarning qishloq vrachlik punkti qurilishi bo‘yicha qilgan murojaatlari o‘rganildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 sentyabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha qilingan ishlarni o‘rgandi.
Shuningdek, Fayziobod va Quvurboshi mahallalarida hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida ko‘rildi. Deputat har ikki mahallada saylovchilar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |