2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident tashrifidan so‘ng: Mahallalarni obod, aholi turmushini farovon qilish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda

Andijon tumanidagi Sadda tagi mahallasi yaqin yillargacha yo‘llari yaroqsiz, tungi yoritqichlari yo‘q, bolalar bog‘chasiga ehtiyoji bor hudud edi. Elektr transformatorlar umrini o‘tab bo‘lgani, ayrim ko‘chalarga ichimlik suvi tashib kelingani odamlarning yana bir tashvishi bo‘lgan.

So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida mahallalardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, qishloq va mahallalardagi yo‘l infratuzilmasi, kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarida qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Joylarda aholiga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etishga e’tibor ortdi.

Turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar Sadda tagi mahallasida ham o‘z ifodasini topdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 fevral kuni Andijon viloyatiga tashrifi doirasida ushbu mahallada ham bo‘ldi. Mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va hudud mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

Bugun bu mahalla misolida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Andijon bo‘ylab yangi bosqichga ko‘tarildi.

– Prezidentimiz tashrifidan barchamiz juda mamnun bo‘ldik, – deydi mahalla raisi Sarvinoz Qodirova. – Mahallamizni yanada obod, odamlarni rozi qilish uchun nimalarga ahamiyat qaratishimiz lozimligi haqida topshiriqlar oldik. Biz bir narsaga amin bo‘ldik, davlat rahbari har bir hudud aholisi barcha qulayliklarga ega sharoitlarda yashashini chin yurakdan istaydi. Buning uchun hamma imkoniyatlarni yaratib bermoqda.

Mahallamizda 3 ming 600 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Sadda tagida ko‘p qavatli aholi turar joylari yo‘q, hovli tipidagi 660 ta xonadon mavjud. Shundan kelib chiqib, aholi har bir qarich yerdan ham unumli foydalanishga harakat qiladi. Prezident bu boradagi ishlarni yanada yaxshi tashkil qilishimiz uchun nimalarga ahamiyat qaratishimiz lozimligini ta’kidladi. Masalalarni o‘z vaqtida hal qilish uchun mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Bu topshiriqlar faqat Sadda tagining ravnaqi uchun emas, balki mamlakatimizning boshqa hududlari rivoji uchun ham muhim deb o‘ylayman.

Sadda tagi mahallasi binosi o‘tgan yili yangi qurildi. Shuningdek, 1,5 kilometrlik velosiped yo‘lagi tashkil etildi. Mahallaga ajratilgan mablag‘ hisobidan jami 21,5 ming kvadrat metr ichki yo‘l va piyodalar yo‘laklariga asfalt hamda sement-beton yotqizish ishlari amalga oshirildi. Chek va Yangi turmush ko‘chalarining mahalla hududidan o‘tgan 2,5 kilometr qismi rekonstruksiya qilindi.

bugungi kunda mahallaning drayveri issiqxona va dehqonchilik hisoblanadi. Keyingi yillarda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida parrandachilik, uzumchilik, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, mahalla hududida mavjud 1 ta tekstil korxonasi, 3 ta oziq-ovqat do‘koni va 2 ta avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasi kabi tadbirkorlik sub’ektlari, ijtimoiy soha ob’ektlari sonini oshirishga ahamiyat berilmoqda.

Prezident mahalla ahli bilan suhbatda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratar ekan, Andijon aholisi juda zich joylashgan hudud ekanligini alohida ta’kidlagan edi.

Mahalladagi Diyorbek Mamadaliyevlar uyida ham besh oila yashaydi. Xonadon hovlisida tajriba tariqasida zamonaviy yig‘ma uylar qurilgan. Prezidentning shu xonadonda mehmon bo‘lgani, yangi uyning qulayliklari haqida mezbonlar bilan suhbatlashganini mahalla ahli o‘zaro suhbatlarda ko‘p yillar eslashi shubhasiz.

– Bunday yig‘ma uy-joylar hamyonbop, issiq-sovuqqa hamda yong‘inga chidamli. Shovqin o‘tkazmaydi, – deydi viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Akmaljon To‘lanov. – Aholi tadbirkorlik bilan shug‘ullansa, daromad topsa bunday uylardan ipoteka krediti asosida sotib olsa bo‘ladi. To‘lov qobiliyati juda yuqori bo‘lishi shart emas. Shu yo‘nalishda faoliyat olib boradigan tadbirkorlar bilan gaplashdik. Uylarning bir kvadrat metrining narxi 2 million 200 ming so‘mdan boshlanadi. Jihozlari bilan 3 million so‘mgacha bo‘ladi. Bu narx aholiga ancha qulay. Prezident bu tajribani viloyatning har bir hududida ommalashtirishni yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidladi.

Darhaqiqat, Prezident bu boradagi loyihalarni o‘rganish, samaralilarini hayotga tatbiq etish kerakligiga ahamiyat qaratar ekan qurilish materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Prezidentning har bir tashabbusi – amalda. Bugun mahallada ijtimoiy daftarlar – “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mahallaning har bir vakili bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishini ta’minlash, doimiy ish o‘rinlarini yaratish turmush darajasini oshiradi. Bundan tashqari, turli huquqbuzarliklar sodir etilishi kamayishiga xizmat qiladi. Bu fikrlar tasdig‘ini mahalla hududida o‘tgan yili birorta ham jinoyat sodir etilmaganligida ham ko‘rish mumkin.

Aholi Prezident tashrifidan osmon qadar ruhlangan, davlatning odamlarga befarq emasligini yurakdan his qilmoqda. Bugun sadda tagiliklar o‘z mahallalarining yanada obod go‘shaga aylanishi haqida ishonch bilan gapirishmoqda.

13.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar