
Buxoro viloyati Kogon tumanining “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini Madaniyat qo‘rg‘onidagi eski binosida Xurshida Hamroyeva voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelayotgan edi.
Xurshida opa uchun yangi yil quvonchli boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan ayol farzand bilan ijara shartnomasi asosida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ikki xonali ijtimoiy uyga joylashtirildi.
-Davlatimiz rahbariga biz xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, amaliy ko‘mak berayotgani uchun samimiy tashakkurimni izhor etaman – deydi Xurshida Hamroyeva. –Necha yillardan buyon ijarama-ijara yurib sarson edik. Insonparvar hukumatimiz tomonidan men va menga o‘xshash ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga e’tibor hamda amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashmoqda. Zamonaviy, shinam uy berilganidan xursandman. Endi mening ham o‘z uyim bor.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |