
Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev “Do‘stlik” mahallasida hamda “Chakand” qishlog‘ida bo‘lib aholi va yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla va qishloq faollari, aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tuman hokimi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalarga to‘xtalib, joriy yilda hududda aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi daromadini oshirishga qaratilgan vazifalar xususida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir yangi imtiyozlar, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga kasb o‘rgatish amaliyotini joriy etish, shuningdek, bandlikni ta’minlash maqsadida ijara shartnomasi asosida aholiga yer ajratish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning afzalliklari hamda shu kabi yangiliklar yuzasidan aholi va yoshlarga tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida aholi va yoshlarning ishga joylashish, moddiy ko‘mak va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan rahbarlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |