2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalqimizning ardoqli farzandi

Ertaga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug‘ilgan kun. Islom Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan. Uning nomi Vatanimizning mustaqillikka erishuvi, jahon xaritasida “O‘zbekiston” degan davlatning paydo bo‘lishi, xalqimizning ma’naviy, tarixiy qadriyatlari tiklanishi, bilan uzviy bog‘liqdir.

Islom Karimov O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960 yil Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. Keyinchalik, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 1966 yil O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.  

Islom Karimov 1983 yil O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986 yil O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi. 1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.  

U 1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Islom Karimov yurtimiz boshiga mushkul va sinovli savdolar tushgan davrda siyosat maydoniga kirib keldi. O‘tgan asrning 80-yillari oxiri. Dunyoga bag‘rikeng va mehridaryo xalq sifatida nom qozongan o‘zbek xalqi jon berish talvasasidagi sho‘rolar saltanatining navbatdagi fitnasiga ro‘baro‘ bo‘lgan og‘ir damlar edi...  

Keyinchalik respublikaning goh bir, gohi boshqa hududida “millatlararo nizo” niqobi ostida ataylab uyushtirilgan provokatsiyalar o‘shanda Islom Karimovdek siyosat bilimdoni, uzoqni ko‘ra oladigan, favqulodda ziyrak rahbarning sa’y-harakatlari bilan barham topgan edi. Bu bilan esa nainki O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning qonli olov halqasida qolishidek ayanchli holatning oldi olingan edi.  

Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni xalqimiz va jahonga O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida e’lon qildi. 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Vatanimizning hurlik va ozodlikka erishuvi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tabarruk nomi bilan chambarchas bog‘liqdir.  

Mustaqillikka endigina erishgan mamlakat tarixidagi dastlabki ham eng og‘ir, sinovli o‘sha davrda O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosatini milliy manfaatlarimizga mos tarzda yo‘lga qo‘yishga ustuvor e’tibor qaratila boshlandi. Yetmish yildan ortiqroq vaqt mobaynida qo‘lu oyog‘i bilan sobiq sho‘rolar tuzumiga bo‘ysundirilgan yurtda iqtisodiyot, sanoat, bank-moliya, qonunchilik, xavfsizlik, harbiy sohalarni tubdan isloh qilishga kirishildi. Ayni paytda ta’lim, ma’naviy qadriyatlarimizni qayta tiklash, madaniyat va san’at rivoji ham e’tibordan chetda qolmadi. Mamlakat paxta yakkahokimligidan qutuldi. G‘alla mustaqilligiga erishdi.  

Dinu diyonatni qayta tiklash, buyuk alloma ajdodlarimiz, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan bobolarimizning pok nomlarini yurtga qaytarish, ular mangu qo‘nim topgan go‘shalarni obod etish borasida misli ko‘rilmagan savobli yumushlar bajarildi. Buyuk mutafakkirlarimiz, muhaddis olimlarimiz, jahongir bobokalonlarimizning yubiley sanalari O‘zbekiston va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Ularning merosini o‘rganish, tadqiqotlarini targ‘ib etishga keng yo‘l ochildi.  

Hech bir mamlakatda islohotlar osongina,  o‘z-o‘zidan kechmagan albatta. O‘sha qaltis davrda iste’dodli yoshlarni, aholining zaif qatlamlari, pedagoglar, ziyolilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Eng asosiysi mamlakatimizning chegaralari daxlsizligi, xavfsizligi, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlikni, millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi ahillik va totuvlikni  ta’minlash borasida izchil ishlar olib borildi. Barcha sinovlardan o‘tishda Birinchi Prezidentimiz faqat va faqat mehnatsevar, mehridaryo xalqimizga suyangani va tayanganini doim e’tirof etar edi.  

Istiqlolning tamal toshi qo‘yilgan ilk yillardagi ezgu ishlar bugun yangicha ma’no-mazmun bilan boyib, yanada xalqchillik kasb etib, ular tobora kengroq quloch yozdi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev xalqimizning aziz farzandi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini e’zozlash va abadiylashtirish masalasiga katta e’tibor  qaratmoqda.  

Mamlakatimizda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Respublika xayriya fondi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalqimizning suyukli farzandi nomi ko‘chalarga, Toshkent davlat texnika universitetiga, Xalqaro aeroportga berildi. Islom Karimov xotirasini e’zozlashga oid hujjatli filmlar, xotira kitoblari yaratilmoqda. Foto hamda badiiy ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.  

Islom Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Mustaqillik” va “Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.  

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi.  

Darhaqiqat, Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirgan inson sifatida yuragimizdan mustahkam o‘rin olgan buyuk shaxsdir.  

 

Nazokat Usmonova

29.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar