2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Shahrisabz davlat pedagogika institutiga borib, institutda talabalar ilm olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

So‘ng viloyat rahbari institutga qarashli 1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning dam olishi, bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishi mumkin bo‘lgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Issiqlik tizimi bilan qiziqdi. Talabalarning taklif va muammolari tinglandi.   

Ta’kidlash lozimki, Shahrisabz davlat pedagogika institutida ayni paytda 7014 nafar talaba, shundan 3909 nafari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olmoqda. Ularga 202 nafar pedagog, 25 nafar fan nomzodi va 5 nafar fan doktori saboq berib kelmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan IT markazi, elektron kutubxona,  madaniy hordiq olish uchun teatr studiyasi talabalar ixtiyorida.

Institutda ikkita talabalar turar joyi bo‘lib, unda 315 nafar talaba istiqomat qiladi. Bu esa kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning 18 foizini tashkil qiladi.  

bugungi kunda institutda energiya resurslarini tejash va ulardan unumli foydalanish maqsadida ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish maqsadida quvvati 100 kilovatt soat bo‘lgan quyosh foto elektrostansiyasi, 25 ta quyosh tashqi yoritish chiroqlari, 4 ta 300 metr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatildi. Institut bir yilda sarflaydigan elektr-energiyasi 360 ming kilovatt bo‘lib quyosh panellari o‘rnatilishi natijasida 1 yilda 250 ming kilovatt elektr-energiyasi tejalishiga erishiladi. Joriy yilda yana 50 kilovatt soat quvvatga ega quyosh foto elektrostansiyasi va 40 ta quyosh yoritkich chiroqlari xarid qilish mo‘ljallanmoqda.  

 

 

28.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar