
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Mingbuloq tumani “Tegirmonboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda.
Avval mahallada mavjud 540 xonadonning 263 tasigina ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi. Qolgan 277 xonadonga esa ichimlik suvi yetib kelmagan. Loyiha bo‘yicha 2624 nafar aholi yashovchi barcha xonadonlarga ichimlik suvi olib kirilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, mahalla hududidagi suv inshooti qayta rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Bu ishlarni bajarish uchun umumiy qiymati 1 milliard 690 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Hozirda 1780 metr transheya qazilib, tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga suv inshooti ham qayta qurilmoqda. Mazkur ishlar amalga oshirilgandan so‘ng, mahalla aholisi yuz foiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga erishiladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |