2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhining Sardoba tumanidagi faoliyati qanday natijalar berdi?

Respublika ishchi guruhining Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida olib borgan oʼn kunlik faoliyati oʼz nihoyasiga yetdi.

Guruh faoliyati aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni mahallalar kesimida “xonadonbay” oʼrganishga, aniqlangan muammolarning yechimini oʼz joyida topishga qaratildi. 
Hududdagi 15 ta mahallada 9 mingdan ziyod xonadondagi muammolar, ijtimoiy soha obʼektlari xatlovdan oʼtkazildi. Mazkur amaliy ishlar orqali tuman infratuzilmasini yaxshilash, taʼlim va sogʼliqni saqlash hamda aholi bandligini taʼminlash kabi yoʼnalishlar samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. 
Jumladan, tumanda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 6 ta yangi transformator, 87 ta temir-beton ustunlar oʼrnatildi, 2,9 km elektr tarmogʼi yangidan tortildi, 7 ta transformator, 3,2 km yuqori va oʼrta kuchlanishli elektr tarmogʼi taʼmirlandi.
Respublika ishchi guruxi tomnidan oʼrganishlar davomida aniqlangan nosoz koʼchalar endilikda tartibga keltirildi. Deyarli 15 km ichki yoʼllar taʼmirlandi. Shundan, 3,3 km yoʼlga sement-beton qoplama, 2,3 km.ga asfalьt qilindi hamda 9,2 km yoʼlga qum-shagʼal yotqizildi. 
Oʼrganishlar davomida 243 ta isteʼmolchining gaz jihozlari taʼmirlandi, 40 ta gaz taqsimlash punkti va 4 024 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik koʼrikdan oʼtkazildi. 
Аholi bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlikka yoʼnaltirish masalalari ham ishchi guruh aʼzolari eʼtibori markazida boʼldi. Hududda yashovchi 161 nafar fuqaroning bandligini taʼminlandi. Undan tashqari, 27 nafari kasb-hunarga yoʼnaltirildi, 32 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi va 88 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi.
 “Аyollar daftari” roʼyxatidan joy olgan sardobalik 50 nafar xotin-qizlar uchun tumandagi “Oqsaroy tekstilь” toʼqimachilik korxonasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir davomida ularga fabrikadagi shart sharoitlar atroflicha tanishtirildi. 26 nafar xotin-qizlar ushbu fabrikada mehnat qilish istagini bildirdi. 
Noturar joylarda istiqomat qilib kelgan, oilasida nogironligi bor fuqarolarning 29 nafariga 5 yillik ijara shartnomasi asosida ijtimoiy uy-joylarning kalitlari topshirildi. 
“Yoshlar daftari” roʼyxatidagi 17 nafar talaba yoshlarning 42 mln. soʼmlik shartnoma pullari, 2 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv rezervi xizmat badali toʼlovi va 1 nafarini haydovchilik oʼquv kurslari xarajatlari toʼlab berildi.
Sardoba tumanida oʼrganishlarni olib borgan Respublika ishchi guruhi aʼzolari taʼlim maskanlarida sharoitlar bilan ham yaqindan tanishishdi. Tumandagi 3-, 10- va 22-sonli umumtaʼlim maktablariga 15 kv quvvatiga ega boʼlgan jami 240 mln. soʼmlik zamonaviy quyosh panelьlari olib kelindi. Qator taʼlim maskanlariga 1.7 mlrd soʼmlik zamonaviy elektron doskalar, kompьyuter jamlanmalari va sensorli monitorlar topshirildi. Oʼn bitta maktabga 300 dona badiiy adabiyotlar toʼplami, sport anjomlari yetkazib berildi.
Shu bilan birga Respublika ishchi guruhi tomonidan axolining salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, 2 701 nafar fuqarolar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. 174 nafari viloyat va tuman shifoxonalarga yotqizildi, 4 nafari respublikadan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan yuqori texnologik operatsiya qilindi, 84 nafariga davolanish uchun imtiyozli order berilib, 202 nafar fuqarolar bepul dori vositalari bilan taʼminlandi.
Oʼrganishlar davomida aniqlangan hududdagi 97 nafar kam taʼminlangan oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari toʼplami va issiq kiyimlar berildi. Mahallalarda koʼchma savdo doʼkonlari tashkil etilib, aholiga arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va koʼmir sotilishi tashkil qilindi.
Ishchi guruxining Sardoba tumanidagi oʼrganishlari bu gal ham ana shunday samarali boʼldi. Eng muximi, insonlarning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkamlandi. Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida ham yagona maqsad – inson va uning manfaatlari mujassam.

17.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar