2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namanganda shtab uzluksiz ishlaydi

Namanganda viloyat hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qosimali Ahmedov, kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari rahbarlari ishtirokida anomal sovuq havo sharoitida qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

“O‘zgidromat” tomonidan joriy yil 15 yanvariga qadar mamlakatimiz hududlarida anomal sovuq ob-havo kuzatilishi, respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik va kuchli shamol esishi, bo‘ronlar yuz berishi haqida xabar berildi.

Yaqin bir hafta davom etadigan ayni sharoitda Namangan viloyati hokimligi, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, гидрометеороло́гия boshqarmalari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari mutasaddilaridan iborat, kunu tun uzluksiz ravishda faoliyat olib boradigan shtab tashkil etildi. Shuningdek, shahar va tuman hokimliklari qoshida ham shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unda elektr energiyasi, gaz, suv iste’molchilaridan kelayotgan murojaatlar zudlik bilan avariya tiklash brigadalariga yetkazilmoqda.  

Sovuq kunlarida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Viloyatdagi shahar va tumanlarda muhandis-texnik xodimlardan iborat avariya tiklash brigadalari tuzilib, barcha zaxira materiallari, ish anjomlari va maxsus texnikalar bilan ta’minlandi.

Viloyatda 158 nafar ekspluatatsiya mutaxassisi tomonidan hududlardagi 5349,47 kilometr yer osti va yer usti gaz tarmoqlari va 1384 dona gaz taqsimlash qurilmasi qayta ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.  Bundan tashqari, havo haroratining keskin sovib ketishi sababli shahar va tuman markazlaridan tashqarida joylashgan gaz tarmoqlaridagi kompensatorlar holati ham nazorat qilinayotir.

Hozirgi kunda filial tomonidan iste’molchilarga tabiiy gazni xavf-xatarsiz yetkazib berish maqsadida ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlar, aholi gavjum maskanlardagi yer osti gaz tarmoqlari pribor yordamida navbatdan tashqari tekshirib chiqilmoqda.  

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyati Namangan hududiy filiali aholini elektr ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, uzilishlarni oldini olish va nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Mavjud 600 mingdan ortiq iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida 15 ta maxsus texnika, 25 ta yengil avtotransport vositasi shay holatga keltirilgan.  

Ijtimoiy soha ob’ektlari va strategik ahamiyatga ega joylarning elektr ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va tezkor bartaraf etish maqsadida 230 nafar xodim va 58 ta maxsus brigada guruhi tuzilgan.

Matbuot anjumanida ehtiyoj oshib borayotgan elektr energiyasidagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish, aholi soni ko‘p bo‘lgan mahallalarga montyorlarni jalb etish, tezkor navbatchilik xizmatini tashkil etish taklifi bildirildi.

11.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar