2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi xorijda ishlayotgan namanganliklar bilan suhbatlashdi

Davlatimiz rahbarining tegishli topshirig‘i ijrosiga qaratilgan mazkur muloqotning dastlabkisi Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Samara va Yekaterinburg shaharlari hamda Krasnoyarsk, Amursk viloyatlarida ishlayotgan namanganlik hamyurtlarimiz bilan bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, joriy yilning 1 yanvar holatiga, Namangandan chet elga chiqqanlar soni 87 ming 236 nafarni, ularning 84 ming 603 nafari esa xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlarni tashkil etmoqda. O‘tgan yili xorijdagi mehnat migrantlari holidan xabar olish uchun uch marotaba – Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari va Samara viloyatiga hamda Janubiy Koreyaning Seul, Pusan, Changvon, Buyo shaharlariga xizmat safarlari amalga oshirildi. Viloyat rahbari shaxsan Moskva viloyati Noro-Fominsk rayonida “Pik Industriya” tashkilotiga va Samara viloyatiga borib, hamyurtlarimiz bilan yuzma-yuz uchrashdi.

Qolaversa, mahallalarda raisdan tortib, yoshlar yetakchisigacha bo‘lgan “beshlik” xodimlar tomonidan xorijdagi mehnat migrantlari oilalari xatlov qilinib, ularda aniqlangan ijtimoiy muammolar hal etib kelinmoqda. O‘tgan yil davomida shahar va tuman hokimlari hamda barcha sektor rahbarlari ishtirokida 1335 ta targ‘ibot tadbiri, sayyor qabullar tashkil etilgan bo‘lsa, xorijdagi 2310 nafar mehnat migranti ishtirokida 942 marotaba onlayn muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, Yangi yil bayrami munosabati bilan 755 ta mehnat migrantining oilalaridan xabar olinib, yo‘qlov tadbirlari uyushtirildi.  

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida tashkil etilgan muloqot davomida xorijda ishlayotgan vatandoshlarimiz viloyat rahbariga o‘zlarini o‘ylantirgan bir qator masalalar yuzasidan murojaatlarini onlayn ravishda yo‘llashdi. Masalan, Samara shahrida ham o‘qib, ham ishlayotgan Chortoq tumani Koroskon qishlog‘idan Ravshan Akramov olisda onasi bilan birga yashayotgani uchun ikkinchi semestrdagi tahsili uchun kontrakt to‘loviga qiynalib qolganligini aytib, amaliy yordam so‘radi. Temir yo‘l mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan 20 yoshli hamyurtimizga bir emas, ikki smestriga yetadigan shartnoma pulini viloyat byudjeti zaxirasi va “Yoshlar” jamg‘armasi hisobidan to‘lab berilishi ma’lum qilindi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Gulnoza Xalilova 20 yildan beri ijarama-ijara yashab keladi. Qolaversa, nogironligi bor farzandini davolash va uning jarrohlik amaliyoti sababli qarzga botgani uchun hozirda Novosibirsk shahrida ishlashga majbur bo‘lmoqda. U viloyat rahbari bilan muloqotda uy-joy olishga va farzandining salomatligini mustahkamlashga amaliy ko‘mak kerakligini bildirdi.

– Uy-joysiz ayollarning ehtiyojlarini ta’minlash borasida “Namangan tajribasi”ni yo‘lga qo‘yganmiz. O‘tgan yil oxirida Yangi Namangan tumanida 120 ayolga bepul uy-joy berdik, bundan tashqari, Kosonsoy tumanida yotoqxonada yashayotgan 18 nafar, Namangan shahridagi sobiq pedagogiga kolleji yotoqxonasida istiqomat qilayotgan 51 ayolga hokimiyat hisobidan uy olib berildi, –  dedi viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov. – Joriy yilda ham har bir tumandan 10 nafardan ayolga uy olib beramiz. Sizni ham shu ro‘yxatga qo‘shamiz. Bepul uy-joy bilan ta’minlaymiz. Dori-darmonga ham yordam beramiz.

Muloqot davomida uy-joy, subsidiya, tadbirkorlik, uylaridagi kommunal xizmatlar muammolari kabi har bir murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi. Viloyat hokimi xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizning murojaatlari bilan tizimli ishlash uchun onlayn platforma yaratish taklifini ilgari surdi.

Darvoqe, muloqotga mehnat migrantlarining oila a’zolari ham taklif qilinib, ular orasida ehtiyojmandlariga tikuv mashinasi, gaz plitasi va bir martalik moddiy yordam pullari taqdim qilindi.

07.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar