
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov xorijda ishlayotgan buxoroliklarning xonadonlarida bo‘ldi. Ularning oila a’zolari holidan xabar oldi.
Dastlab viloyat hokimi Buxoro shahri Mutal Burhonov mahallasi 5/2-uy 45-xonadonda yashovchi, hozirda xorijda ishlayotgan Muhiba Norqulova xonadonida bo‘ldi. Ushbu xonadondagilar bilan suhbatlashdi. Yashash sharoitlari bilan qiziqdi, oilaga yangi yil sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, xorijda ishlayotgan bir guruh buxoroliklar bilan onlayn muloqot ham o‘tkazdi. Videomuloqotda viloyat hokimi xorijga ishlash uchun ketgan barcha buxoroliklarni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi va ularning kelgusidagi ishlariga omad tiladi.
Onlayn muloqot davomida Rossiya davlatida mehnat migranti sifatida faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimizning ish, yashash sharoitlari bilan qiziqdi, taklif, fikr va mulohazalarini eshitdi.
Viloyat hokimi suhbat davomida xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizga o‘zlari bo‘lib turgan davlat qonun-qoidalariga amal qilishlari, yurtimiz sha’ni, xalqimizning qadr-qimmatini ko‘tarish, eng asosiysi, sog‘-salomat ishlab, yurtimizga, oilalari bag‘riga qaytib kelishlari lozimligini alohida aytib o‘tdi, o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, viloyat rahbari yurtimizda, xususan, Buxoroda yaratilgan ish o‘rinlari, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, odamlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar xususida gapirdi. Mehnat migranti sifatida xorijda ishlayotgan fuqarolarning oilalaridan xabar olish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tuman, shahar hokimlari, mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |