2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhining Xo‘jaylidagi faoliyati davom etmoqda

Yangi yilning ilk kunlaridanoq davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida davom ettirmoqda.

O‘rganishlar davomida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha sektorlar va mahallalar kesimida «xonadonbay» ish olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan bugungi qadar 26 ta mahalladagi 24 894 ta xonadon o‘rganildi. Uyma-uy yurish davomida 3 129 ta muammo aniqlanib, 2 057 tasi joyida hal etildi, 1 072 ta masala bo‘yicha ishlar nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davomida alohida e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolda qolayotgan aholi qatlamiga qaratildi hamda ularga amaliy ko‘mak berish pirovard maqsad deb belgilandi.

Jumladan, 180 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 136 nafar fuqaro kasb-hunarga qayta tayyorlashga yo‘naltirildi, 60 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qildi, 27 nafar fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Xo‘jayli kasb-hunar maktabida «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi» tashkil etilib, 400 dan ortiq ishsiz fuqarolar ishtiroki ta’minlandi, ularning 156 nafariga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, 37 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi, 24 nafar fuqaroga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi asosida ishga tavsiyalar berildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 110 nafar fuqaroga 770 mln. so‘m subsidiya mablag‘lariga asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Tijorat banklari tomonidan 8,8 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tumanda mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, 169 ta loyihaga 1,7 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari uchun tavsiyanomalar berildi.

«Temir daftar»ga kiritilgan ehtiyojmand 28 ta oilaga ko‘maklashish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan 29,1 mln. so‘m bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan «Amudaryo» mahallasida yashovchi M.Nurimbetov, «Mustaqillik» OFYda yashovchi S.Karyardiyeva, «Shag‘alakol» MFYda yashovchi L.Nurmuxanovalarning uy-joylari ta’mirlab berildi. Bundan tashqari, M.Ametovaning uyiga yangidan isitish tizimi o‘rnatib berildi.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan 139 nafar xotin-qizga 83,4 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi, 48 nafar xotin-qizni «Ayollar daftari»ga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

9 nafar og‘ir turmush sharoitida yashovchi ayollarning uy-joylari ta’mirlandi (100 mln. so‘m) , 12 nafar qizning 79,7 mln. so‘m to‘lov kontraktlari to‘lab berildi, 4 nafar uy-joyga muhtoj ayollar tuman Ijtimoiy shaharchasidagi uylarga joylashtirildi.

«Yoshlar daftari» jamg‘armasi hisobidan 87 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga 162,5 mln. so‘m yordam berildi. Jumladan, 22 nafar yoshlarga 72,1 mln. so‘m to‘lov-kontraktlari to‘lab berildi.

Ishlar davom ettirilmoqda.

03.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar