
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning migrantlar bilan onlayn muloqoti qariyb to‘rt soat davom etdi.
Viloyat rahbari onlayn muloqotda jami 57 nafar fuqaro bilan suhbatlashdi, eshitdi, ko‘tarilgan masalalarni shu joyning o‘zida mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilib, tegishli topshiriqlar berdi.
Onlayn suhbatda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Misr, Fransiyada istiqomat qilayotgan ta’lim va mehnat migrantlari ishtirok etdi. Ayni bir vaqtning o‘zida viloyat hokimi Yotube, Telegramm, Facebook orqali namoyish etilgan jonli efirlarning izohlar qismida yo‘llangan murojaatlarga ham javob qaytardi. Onlayn muloqotda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxona va vakillik xodimlari, migrantlarning oila a’zolari ham ishtirok etdi.
Zoyir Mirzayev mutasaddilarga muloqot formatini saqlagan holda qamrovni kengaytirish, ishtirokchilarni kengroq jalb etish, muntazam ravishda shunday suhbatlarni tashkil etib borish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatma berdi. Jarayonda migrantlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, muammolarni ijobiy hal etish, zarur hollarda, huquqiy yordam ko‘rsatish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Har bir murojaat shaxsan viloyat hokimi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |