2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi: aniqlangan hech bir muammo yechimsiz qoldirilmaydi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 24 ta vazirlik va idora vakillaridan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi faoliyatining navbatdagi manzili - Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumani.

Ishchi guruh faoliyatida eng ogʻir, eng chekka, eng olis hududlarda, mahallama-mahalla, qishloqma-qishloq, koʻchama-koʻcha, uyma-uy yurilib, aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini imkon qadar joyida bartaraf etishga eʼtibor qaratilmoqda.

Sektorlar va mahallalar kesimida ishchi guruhlar tashkil etilib, sohaviy tashkilotlar rahbarlari va ishchi guruh aʼzolari mahallalarda uyma-uy yurib, aholi uchun dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishga masʼul etib belgilandi.

Oʻrganishlar davomida aholi sogʻligʻini yaxshilash, ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoʻl va kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati yaxshilash kabi sohalarga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 953 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Kasallik aniqlangan 80 nafar bemorning 35 nafari Buxoro viloyatidagi shifoxonalarga davolanish uchun yotqizildi, 45 nafarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy shifoxonalariga davolanishga yuborildi. Tuman markaziy shifoxonasida Buxoro viloyatining shifokorlari bilan birgalikda 5 nafar fuqarolarda jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. 25 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga reabilitatsiya vositalari
yetkazib berildi.

Shu bilan birga, 127 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 95 nafar fuqarolarga 665 mln. soʻm subsidiya mablagʻlariga asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Tijorat banklari tomonidan 4,7 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tumanda mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, 169 ta loyihaga 1,7 mlrd. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.

“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi tomonidan 61 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga 121,01 mln. soʻm yordam mablagʻlari ajratildi. “Temir daftar”ga kiritilgan, ehtiyojmand 28 ta oilalarga koʻmaklashish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 29,1 mln. soʻm bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan “Amudaryo” mahallasida yashovchi M.Nurimbetov, “Mustaqillik” OFYda yashovchi S.Karyardiyeva, «Shagʻalakol» MFYda yashovchi L.Nurmuxanovalarning uy-joylari taʼmirlab berildi. Bundan tashqari, M.Ametovaning uyiga yangidan isitish tizimi oʻrnatib berildi.

70 ta ehtiyojmand oilalarga 50 tonna koʻmir mahsuloti,
135 ta xonadonga ehtiyojidan kelib chiqib turli amaliy koʻmaklar berildi.

Tumanda yoʻl, kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma holatini yaxshilash ham ishchi guruh aʼzolari eʼtibori markazida boʻlyapti.

Jumladan, tumanda 26,6 km uzunlikdagi ichki yoʻllar shagʻallashtirildi. Aholi talabidan kelib chiqib, qoʻshimcha 19,2 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi, 440 ta gaz taqsimlash punktlari, 320 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida «Janajap», «Samankoʻl», «Kolap», “Kun nuri” mahallalarida 124 dona temir beton tayanchlar, 2 ta transformator oʻrnatildi, 2,2 km tarmoq tortildi. Koʻmir taʼminoti boʻyicha tumandagi 13 ta mahalla aholisi uchun 56 tonna koʻmir mahsuloti yetkazib berildi.

Respublika ishchi guruhi Xoʻjayli tumanidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

27.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar