
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani markazida 8 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat, tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, faxriylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Toʻraqoʻrgʻon tumanida ham oxirgi ikki yilda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman markazidan oʻtgan soy sohilida barpo etilgan Isʼhoqxon Toʻra Ibrat memorial-yodgorlik majmuasi bugun viloyatning eng koʻrkam, yirik maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy ahamiyatga ega maskanlaridan biriga aylandi.

Soyning boshqa sohilida davlatimiz rahbari tavsiyalari asosida zamonaviy infratuzilma obyektlari, supermarket va boshqa savdo, maishiy xizmat inshootlari, kam taʼminlangan oilalar uchun koʻp qavatli arzon uylar qad rostladi. Qisqa muddatda bu yerda “Ravnaq”, “Quruvchi”, “Kalistro”, “Sardorbek Arslonbek trans”, “Barkamol taʼmir butlash”, “Qosimon qurilish savdo” kabi oʻnlab qurilish korxonalari tomonidan umumiy qiymati 20 milliard soʻmlikdan ziyod qurilish-montaj ishlari bajarilib, har biri 192 ta xonadonga moʻljallangan 8 ta koʻp qavatli uy bunyod etildi.
Tadbirda yangi xonadonlar kaliti egalariga topshirildi.
– Zamonaviy uylarda ayniqsa, biz kabi nogiron insonlar uchun qulayliklar yaratilgani quvonarlidir, – deydi “Jasorat” medali sohibasi F.Shermatova. – Men endi aravachada ham uyning barcha xonalarida bemalol harakatlana olaman, oshxonada qiyinchiliksiz oʻzim ovqat tayyorlay olaman. Uy imtiyozli ravishda berildi. Buning uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov soʻzga chiqdi.


Akromjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |