2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘z uying borligi katta baxt....

Prezidentimiz g‘oyasi asosida keyingi yillarda mamlakatimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish tizimi yaratilgani Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” degan normani hayotga keng joriy etib, odamlarning jamiyatdan rozi bo‘lib yashashida muhim o‘rin tutmoqda.

Prezidentimizning virtual va Xalq qabulxonalari hamda joylardagi sayyor qabullarda uy-joyga muhtoj  fuqarolar murojaatlari ham bunga yaqqol misoldir.  

Surxondaryo viloyatida aholi murojaatlari o‘rganilganda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar, ota-onasidan mahrum bo‘lgan yetimlar, boquvchisini yo‘qotgan yoki turmushidan ajrashib farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan ayollar o‘rtasida uy-joyga jiddiy ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra, o‘tgan yili tajriba asosida Termiz shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ota-onasidan mahrum bo‘lgan yetimlar, boquvchisini yo‘qotgan yoki turmushidan ajrashib farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan ayollarga ipoteka krediti ajratish va boshlang‘ich to‘lovini to‘lab berish orqali bir va ikki xonadan iborat arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uy-joy qurish yo‘lga qo‘yildi. Qiymati 14 milliard 725 million 440 ming so‘m bo‘lgan 20 ta 1 xonali va 80 ta 2 xonali 100  xonadondan iborat ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy foydalanishga topshirildi. Xonadonlarning boshlang‘ich to‘lovi uchun 1 milliard 500 million so‘m to‘lab berildi. Ishsiz fuqarolarning ipoteka kreditini o‘z vaqtida to‘lashi uchun bandligi ta’minlandi.  

–Bu tajriba o‘z samarasini berdi, – deydi Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmuratov.– Joriy yilda ham bu ishni davom ettirib, uy-joy ajratish masalasida kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish uchun noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj 100 nafar xotin-qizga mo‘ljallangan arzon uy qurilishini boshlaganmiz. Ipoteka krediti asosida arzon uylarni qurib topshirish bo‘yicha pudratchi korxona bilan tuzilgan qarz shartnomaga asosan homiylik asosida 10 milliard so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan. Qurilish ishlari olib borilmoqda.  Bu uyning ham 1 kvadrat metri 3 ming 500 so‘m atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.  

Tahlillarga ko‘ra, aholining uy-joyga ehtiyojini qoplash yuzasidan amalga oshirilayotgan bunday ishlar viloyatda bu masala bilan bog‘liq murojaatlarini kamaytirishda muhim o‘rin tutmoqda. Jumladan, o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda Prezidentimizning virtual va Xalq qabulxonalariga murojaatlar 36,8 foiz kamaygan. Agar o‘tgan yili ehtiyojmand oilalardan arzon uy-joy bilan taminlash uchun 4 ming 698 murojaat tushgan bo‘lsa, o‘tayotgan yilda bu ko‘rsatkich 2 ming 968 tani tashkil etmoqda.  

Davlatimiz rahbarining shu yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ham xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashda yangi bosqichni boshlab berdi. Shunga muvofiq 2022 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltirildi.  Shu yil 1 apreldan boshlab uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, shu jumladan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ruxsat berildi. Uy-joyga muhtoj, jumladan xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi “Ayollar daftari” jamg‘armasi hamda viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilmoqda.  

–Mamlakatimizda xotin-qizlarga hech qachon so‘nggi yillardagidek g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmagan, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova. –

Uy-joyga muhtoj ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor ham bunga aniq misol bo‘la oladi. Subsidiyalar ajratilmoqda. Ixcham uylar qurib berilmoqda. Ijtimoiy uylarga joylashtirilayotir. Masalan, joriy yilning o‘tgan davrida Angor tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan uy-joyga ehtiyoj sezayotgan yetti nafar xotin-qizga Sharq guli mahallasida yangi uylar qurib, foydalanishga topshirildi.  

Qadimiy Angor mahallasida yashovchi chin yetim A.Xo‘shboqova, Sh.Xo‘shboqova, M.Xo‘shboqovalarning uy-joy qurishi uchun 100  million so‘m mablag‘ ajratilib berildi. Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasida joylashgan harbiy qismdan bo‘shagan yotoqxonani 700 million so‘m evaziga ta’mirlab, ijtimoiy uy barpo etilmoqda. Bu yerga 30 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qiz  joylashtiriladi. Shuningdek, 33 nafar nogironligi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz tumanning Lutfikor mahallasi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar bilan ta’minlanadi.  

Vohada uyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarni turar-joy bilan ta’minlashga qaratilgan bunday ezgu amallar boshqa hududlarda ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qorayog‘och mahallasidagi bino qayta ta’mirlanib, 8 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ixcham xonadonlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Termiz shahridagi Guliston mahallasida 50 oilaga mo‘ljallangan uy barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Ularning 16 nafariga 1 milliard 40 million so‘mlik boshlang‘ich badallari to‘lab berildi. 34 nafariga boshlang‘ich badal saxovatpesha insonlarning homiylik mablag‘laridan qoplandi. Manguzar massivida bir milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binosiga 50 nafar yordamga muhtoj xotin-qiz ko‘chib o‘tdi. Sherobod tumanida 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ hisobiga 30 nafar  uy-joyga muhtoj xotin-qizga mo‘ljallangan ijtimoiy uyda ham qurilish ishlari yakunlanmoqda.  

Viloyatning Qiziriq, Sho‘rchi, Denov, Qumqo‘rg‘on, Uzun kabi tumanlarida ham “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning turar-joy muammolarini hal etish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.  

–O‘z uying borligi katta baxt ekan, – deydi Sho‘rchi tumani Katta sovur mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj O‘razgul Avazova. – Uch nafar birinchi guruh farzandimiz bor. Bu yil bizga homiylar mablag‘i hisobidan yangi uy qurib berildi. Bu uyda yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Yozda salqin, qishda issiq. Bunday g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetgudek bo‘ldi. Ilohim yurtimiz tinch, mamlakatimiz yanada obod bo‘laversin. Saxovatpesha insonlarimiz boyligiga boylik qo‘shilaversin. Bizdek ehtiyojmandlarga shunday imkoniyatlarni yaratgan Prezidentimizdan minnatdormiz.    

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda Xalq qabulxonalari va sayyor qabullarda nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, yashash uyini ta’mirlab berish va kredit qarzdorligini so‘ndirishda yordam so‘rab murojaat etgan 170 nafar xotin-qizning muammosini hal qilish uchun 1 milliard 555 million so‘m mablag‘ ajratildi. Shuningdek, yangi yilgacha yana 160 ga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizni ijtimoiy uy bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. 140 nafarining ipoteka krediti asosida uy-joy masalasini hal etish yo‘llari izlanayotir.  

Bularning barchasi mamlakatimizda xalqimiz manfaatini ta’minlab, inson qadrini ulug‘lash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasidir.    

10.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar