2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yuraklarning bo‘lagisan, yurtim bayrog‘i!

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi. Uning e’tiqodi dinu diyonati, o‘zi tug‘ilib o‘sgan diyorga, uning muqaddas ramzlariga bo‘lgan mehr-muhabbati, munosabatida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i Vatanimiz ramzi bo‘lishi bilan birga yurtimizning xorijdagi o‘ziga xos tashrif timsoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Biz ona-yurtimizni shu betakror, dunyoda tengi yo‘q ramz ko‘rinishida anglaymiz. Uni ko‘zlarimizga to‘tiyo qilamiz. Xizmat yuzasidan xorijiy davlatlarda bo‘lganlar turli mamlakatlarning davlat bayroqlari orasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘rib nechog‘li hayajon, hayrat va havas tuyishlarini ko‘plarimiz boshimizdan o‘tkazganmiz.  

Bugun Vatanimiz jahonga yangilanayotgan O‘zbekiston sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Dunyo ahli tabarruk diyorimizni uning qadimiy va boy tarixi, madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy ildizlari, jahon ilm-fani rivojiga hissa qo‘shgan allomalari  bilan birga shiddatli va ortga qaytmas islohotlari, misli ko‘rilmagan hajm va ko‘lamdagi yangilanish jarayonlari  bilan ham tan olmoqda, e’tirof etmoqda.  

Uning tinchligi, osoyishtaligi, xalqining hamjihatligi, ahilligi, bunyodkorligi, mehr-oqibatiga havas qilmoqda. Yurtimiz bayrog‘i  O‘zbekiston ramzi bo‘lishi bilan birga tinchlik, osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, totuvlik, taraqqiyot, bunyodkorlik, mehr-oqibat, kelajak sari dadil intilish, beg‘ubor va pokiza orzu-umidlarimiz, navqiron avlodning bezavol kamoloti, porloq istiqboliga ham o‘ziga xos ishoradir.        

E’tiborga molik jihati, mamlakatimizda Vatanimizning muqaddas razmlari maktabgacha ta’lim maskanlaridanoq jajji bolakaylarga o‘rgatila boshlanadi. Kichkintoylarning havas, hayajon, zavq bilan yurt bayrog‘ini, yana ham to‘g‘rirog‘i, mo‘’jaz bayroqchalarni ko‘tarib yugurib, baralla qo‘shiq aytib yurganlariga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz.  

Shu bayroq orqali O‘zbekistonimizga hurmat-ehtirom, sadoqat, mehr-muhabbat unib kelayotgan o‘g‘il-qizlar ongu-shuuriga singdirib borilmoqda. Shu bayroq orqali o‘g‘il-qizlarimiz yurtni yanada teranroq taniydi, anglaydi, idrok etadi, unga mehr va e’tiqod qo‘yadi. O‘z taqdirini, umrini, kelajagini Vatan taqdiri bilan uzviy bog‘laydi. Baxtu istiqbolini O‘zbekiston bilan uyg‘un ko‘radi.  

Vatan bayrog‘i O‘zbekistonimizning betakror timsoliga, mardlik va vatanparvarlik, jasorat va matonat, ozodlik, hurlik, ezgulik, baxtu saodat ramziga aylangani aniq!  

Mamlakatimizda 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar sana boshlanguniga qadar, ancha ilgari boshlanib ketdi. Turli festivallar, sport musobaqalari, marafonlar, sog‘lomlashtirish aksiyalari, ma’rifiy anjumanlar, ijtimoiy aksiyalar bo‘lib o‘tmoqda.  

Bunday tadbirlar mahallalar, mehnat jamoalari, maktabgacha ta’lim maskanlari, barcha turdagi o‘quv dargohlari, ma’naviyat maskanlari, harbiy qismlarda yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Unda hamyurtlarimiz faol ishtirok etayotgani odamlarning islohotlarga, ijobiy o‘zgarishlarga, shu aziz yurtimizga, uning taqdiriga, qalblarimizning bir bo‘lagiga aylanib ketgan muqaddas ramzlarimizga bo‘lgan hurmat, ehtirom, sadoqat, e’tiqodning yorqin ifodasidir.  

18.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar