2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolar viloyat prokurori nazoratida

Zafarobod tumani “Yorqin” shahar fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyati prokurori sayyor qabul o‘tkazdi.

Fuqarolar bilan uchrashish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganib, imkon qadar joyida bartaraf etish – bugungi har bir katta-kichik rahbarning zimmasidagi mas’uliyatdir.

Bugungi rahbar ishni – Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan mahallabay tizimi asosida amalga oshirishi talab etilmoqda. Aholi bilan muloqotlarning doimiyligini ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. 

Jizzax viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi  I.Ergashxodjayev o‘tkazgan sayyor qabulda tuman hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, viloyat, tuman mutasaddi tashkilotlar rahbar va vakillari, mazkur SHFY raisi, xotin-qizlar faoli, SHFYga biriktirilgan tuman hokimi yordamchisi va boshqalar ishtirok etdi. Tadbirda fuqarolarning  60 ga yaqin murojaati tinglandi.

Murojaatlar – asosan, bank kredit mablag‘laridagi kechikish, ish bilan ta’minlash, tomorqa xo‘jaligida issiqxona tashkil etish uchun subsidiya mablag‘lari ajratish, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa shu kabi ijtimoiy masalalarida bo‘ldi.  

Zafarobodliklar tomonidan sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatlarning 56 tasi joyida hal etildi, ko‘tarilgan 3 ta muammoni ijobiy hal etishga shu joyning o‘zida mutasaddilar jo‘natilib, ijrosi nazoratga olindi. O‘rganish vaqt va ijrosi muddat talab qilgan muammolar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi shaxsan viloyat prokuraturasi nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Qabul nihoyasida kasb-hunar o‘rgatish o‘quv markazlari qisqa kursini tamomlagan xotin-qizlarga sertifikatlar, oilasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, ehtiyojmand oilalarga maishiy texnika jihozlari hamda “Ayollar daftari”ga kiruvchi ishsiz xotin-қизларga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinalari topshirildi.

14.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar