2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod qishloqda yashashning gashti bo‘lakcha

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari qishloqlarda yashovchi aholining turmush tarzini yanada yuksaltirish, odamlarning yashash sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Buni Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari misolida ham ko‘rish mumkin.

Viloyatda joriy yilda 30 ta qishloqda 152 milliard so‘mlikdan ortiq bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 10 ming 768 ta uy joy ta’mirlandi, 88,5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortildi, 14 dona suv minorasi rekonstruktsiya qilindi va 26 ta suv nasosi o‘rnatildi. 473 kilometr elektr tarmoqlari qurildi, modernizatsiya qilindi hamda 228 dona transformator punkti qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-13-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari asosida viloyatning har bir tumanidan qo‘shimcha 2 tadan mahalla fuqarolar yig‘inlari tanlanib keng ko‘lamdagi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Obod qishloq” dasturi doirasida Uchko‘prik tumanining “Toshkentliguzar” va “Katta Kenagas” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham ezgu tashabbuslar hayotga tatbiq etildi. Ayni kunlarda bevosita viloyat hokimligi tashabbusi bilan "Toshkentliguzar" mahallasini viloyatdagi eng go‘zal va obod mahallaga aylantirish maqsadida qurilish ishlari amalga oshirilayotir.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, mutasaddi idoralar mas’ul xodimlari, mahalla faollari bilan suhbatlashdi.

– Toshkentliguzar mahallasining zamonaviy qiyofasi barchamizni quvontiradigan darajada o‘zgaradi, – dedi viloyat hokimi Sh.G‘aniev. – Belgilangan reja asosida mahalla hududida ikki qavatli savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, milliy hunarmandchilik va tadbirkorlik majmualari qad rostlaydi. Mahallaning asosiy avtomobil yo‘li to‘rt chiziqli, ikki chetiga zamonaviy yoritkichlar o‘rnatiladigan, piyodalar va velosiped yo‘laklari ajratilgan, atrofi gulzor va manzarali daraxtlar ekiladigan jahon andozalari talablari darajasidagi yo‘lga aylanadi. Shuningdek, dasturda aholi turmush sharoiti va farovonligini yuksaltirishga qaratilgan boshqa bir qator ezgu tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan.

Darhaqiqat, shu kunlarda "Toshkentliguzar"da davom etayotgan ulkan qurilishlar “Farg‘ona – Qo‘qon” avtomagistrali bo‘yida joylashgan mahallaning nurli istiqbolidan dalolatdir. Ayni paytda mahalla ko‘chalarini anvoyi gulzorga aylantirish, manzarali daraxtlar ekish, tadbirkorlik, tikuvchilik va boshqa xizmat ko‘rsatish majmualarini foydalanishga topshirish ishlari avjida. Elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda kommunikatsiya tarmoqlarini bugungi kun talablari asosida yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

“Asqar Mahmud Buva” tarixiy ziyoratgohidagi bunyodkorlik ishlari nihoyasiga etkazilayotgan bo‘lsa, go‘zallik saloni, sartaroshxona, hammom qurilishi avjida. Mahalladagi qishloq oilaviy poliklinikasida 370 million so‘m, 19-maktabgacha ta’lim muassasasida 255 million so‘m hamda 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1 milliard 60 million so‘mlik ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. O‘z navbatida mahalladagi 52 ta xonadonning tom qismi joriy ta’mirlanishi va 3 ta kam ta’minlangan oilalarning yashash xonadoni homiylar yordamida ta’mirlanishi belgilandi.

“Toshkentliguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Akbarxo‘ja Tursunovning ta’kidlashicha, bugungi kunda hududdagi 780 ta xonadonda 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada tadbirkorlik va hunarmandchilik rivojlangan. Boshlangan ezgu tashabbuslar doirasida “Mehrigiyo” xususiy korxonasi, g‘isht zavodi, mineral suv ishlab chiqarish tsexi, qandolatchilikka ixtisoslashgan o‘nlab oilaviy korxonalar ish boshlaydi. Hozirda mahalla ahlining ikki qavatli savdo majmualari qurish, tikuvchilik tsexi faoliyatini tashkil etish, ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish singari o‘nlab biznes-rejalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Qandolatchilik, novvoychilik, sandiqsozlikni jadal rivojlantirish uchun o‘nlab oilaviy tadbirkorlarning aniq rejalari bor. Shu kungacha aholi tomorqalarida 50 dan ortiq issiqxonalar barpo etilishiga erishildi. Mahalla ahlining mirishkorligi tufayli hatto ko‘cha chetlaridagi bo‘sh erlarda ham turli sabzavot ekinlari parvarishlanmoqda.

“Obod mahalla” dasturi asosida esa Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon va Quvasoy shaharlaridagi 15 ta mahallada boshlangan ezgu ishlar natijasida ular yanada obod maskanga aylanmoqda. Bundan tashqari, dastur bo‘yicha 62 milliard so‘m mablag‘ doirasida 15 ta ko‘p qavatli uylar barpo etilmoqda.

2019-yilda birgina “Obod qishloq” dasturi asosida tumanlardagi 45 ta mahallada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bugun qaysi bir yurtdoshimiz bilan gaplashmang, qishloqlarni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibordan mamnunligini aytadi. Bunday ezgu ishlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shish bilan birga, fuqarolarimizda bugungi hayotdan rozilik, ertangi kunga mustahkam ishonchni yanada kuchaytirmoqda.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA​    

12.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar