Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Yangi hokim ishni yoshlar muammolarini tinglashdan boshladi

Termiz shahriga yangi tayinlangan hokim O‘ktam To‘rayev ilk uchrashuvini yoshlar bilan o‘tkazdi. “Chegara” mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sektorlar, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda 1-sektordagi “Bog‘zor”, “Manguzar”, “Chegara” va “Mehrobod” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari ishtirok etdi.

Dastlab, Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qilindi. 

Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning muammolari tinglanib, aksariyati joyida hal etildi. Xususan, ishga joylashish, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yosh oila farzandlariga sog‘ligini tiklash va jarrohlik xarajatlarini to‘lab berish, talabalarning shartnoma to‘lovi kabi masalalardagi murojaatlariga belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, bajarilishi muddat talab etadigan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

08.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar