Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Navoiyda murojaatlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Karmana tumanida joylashgan «Qizilqumsement» AJ sihatgohida hudud aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda Navbahor va Karmana tumanlari hamda Navoiy shahridan jami 150 nafarga yaqin aholi vakillari ishtirok etib, viloyat rahbariga o‘z muammolari bo‘yicha murojaat qildilar. 

Tadbirda korxona va tashkilotlar, hududiy boshqarma va muassasalar hamda sektor rahbarlari tegishliliga ko‘ra murojaatlar yechimini bo‘yicha vazifa va topshiriqlar oldilar. 

Sayyor qabulda bandlik, yo‘l ta’miri, sog‘likni tiklash, moddiy yordan va imtiyozli kredit ajratilishi kabi masalalar bo‘yicha jami 120 tadan ziyod murojaat tinglanib, ularning 50 foizidan ko‘prog‘ining yechimi o‘z joyida ta’minlanishiga erishildi. 

– O‘tgan sayyor qabulda o‘zim va turmush o‘rtog‘imning bandligini ta’minlashga ko‘mak so‘rab murojaat qilgan edim, – deydi Karmana tumani «Shibzon» mahallasida istiqomat qiluvchi Dildora Norbo‘tayeva. – Viloyat rahbari mas’ullarga oilaviy ahvolimizni o‘rganish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergandi. Aytilgan muddatda ikkalamiz ham «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJga ishga qabul qilindik. Ochig‘i, muammomiz bunchalik tez hal bo‘lishini kutmagandim, hozir ikkalamiz ham ishlaymiz, buning uchun davlatimiz va viloyatimiz rahbariyatiga katta rahmat. 

Sayyor qabulda yechimi muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha ham zarur choralar belgilanib, shaxsan viloyat rahbarining nazoratiga olindi, deya xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi  axborot xizmati. 
 

10.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar