2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekistonda eng obro‘li inson – muallim bo‘lishi kerak

Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlanmoqda. Bayram munosabati bilanAbdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universiteti rektori, professor Shavkat Sharipov bilan suhbatlashdik.

– Shavkat Safarovich, Jizzax Davlat pedagogika universiteti bu yilgi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” kasb bayramini qanday yutuqlar bilan qarshi oldi?

– “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” mamlakatimizda 26 yildan buyon umumxalq bayrami sifatida  keng nishonlanib kelinmoqda va bu tabiiy hol, deb o‘ylayman. Chunki nafaqat pedagogika sohasida balki, har bir yo‘nalish, har bir sohada – har birimizni ustozimiz, murabbiylariz bor va o‘z o‘rnida har birimiz o‘z yo‘nalishimiz doirasida shogirdlar tayyorlaymiz. Demak bu kunning mamlakatimizda, Yangi O‘zbekistonimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan juda ham o‘rinli va haqqoniy qaror, deb o‘ylayman.

Davlatimiz rahbari Jizzaxdagi uchrashuvda, Prezidentlik saylovi oldi tashriflarida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika institutini universitetga aylantirish taklifini bildirgan edi. Ana shu o‘tgan yillar davomida mamlakatimizdagi barcha sohalar singari oliygohimizda ham ulkan islohotlar amalga oshirildi. 

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 33 ta darslik, 62 ta o‘quv qo‘llanma, 75 ta monografiya, 1 ming 344 ta xalqaro hamda 791 ta respublika jurnallarida ilmiy maqolalari nashr etilgani maqtansa arzigulik natija, deb o‘ylayman. 1 nafar talabamiz “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga, 1 nafari Prezident stipendiyasiga, 9 nafari Navoiy stipendiyasiga, 2 nafar talabamiz Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Universitetimiz talablari orasidan 2 nafari boks bo‘yicha Jahon, 2 nafari Osiyo chempioni bo‘ldi, 54 talaba xalqaro musobaqalar g‘olibi, 120 dan ortiq sportchi-yoshlarimiz respublika sport musobaqalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Talabalarimizdan tashkil topgan voleybol va basketbol jamoalari respublika oliy ligasi hamda xalqaro musobaqalarda munosib  ishtirok etdi.

Milliy san’atimizni keng targ‘ib qilish va rivojlantirish maqsadida oliygohimiz talabalaridan tashkil etilgan “Eson Lutfullayev nomidagi talabalar maqom ansambli” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Madaniyat vazirliklari tomonidan yuqori baholangani biz uchun katta muvaffaqiyat, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayni paytga qadar, universitetimizda 3 ta xorijiy, 1 ta innovatsion va 1 ta startap loyihalari doirasida tadqiqotlar amalga oshirilayotganini ham alohida ta’kidlash joiz.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasamizda 10 ta xalqaro va 12 ta respublika ilmiy anjumanlari tashkil etildi. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida 21 ta xalqaro va respublika konferensiyalari o‘tkazildi. Keyingi 2 yil davomida universitetimizning 80 nafar professor-o‘qituvchilari dissertatsiya ishlarini himoya qilib, hozircha 73 nafari ilmiy unvonga ega bo‘ldi. Bu boradagi ishlarimiz tizimli davom etmoqda.

– Davlatimiz rahbarining qarori bilan pedagogika instituti – Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universitetiga aylantirildi. Buning natijasida  ta’lim tizimida nimalar o‘zgardi?

– Bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini va hali amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ishlarimiz borligini ta’kidlamoqchiman. Jumladan, oliygohimiz kompyuter parki 50 foizga yangilanib, 14 ta yangi kompyuter auditoriyasi tashkil etildi. Barcha o‘quv auditoriyalari ovozli kuzatish kameralari bilan jihozlandi, 24 ta katta ekranli sensor panellari o‘rnatildi, 80 ta o‘quv auditoriyalari proyeksiya vositalari bilan ta’minlandi.

Universitetimizning 412 nafar professor-o‘qituvchilari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘z malakasini oshirdi, 25 nafar professor-o‘qituvchi Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Belarus kabi mamlakatlar ilmiy markazlarida malaka oshirish (stajirovka) amaliyotini o‘tab keldi. Oliy ta’lim muassasamiz professor-o‘qituvchilari tarkibini yangilash maqsadida 146 nafar magistratura bitiruvchilari, Fanlar Akademiyasi va yetakchi ilmiy markazlardan 80dan ortiq olimlar pedagogik faoliyat olib borishga jalb etildi.

Prezidentimizning mazkur qarori zimmamizga bir qator vazifalarni yuklash barobarida, faoliyatimiz uchun muhim  dasturilamal bo‘ldi. Jumladan, dunyoning nufuzli universitetlaridan 57 nafar yetakchi mutaxassislar shartnoma asosida talabalarga onlayn mashg‘ulot o‘tkazishi tashkil etildi. Viloyatdagi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 7 ta maktab universitetimiz ijodiy jamoasiga biriktirildi. Bu o‘z samarasini bermoqda, albatta. O‘tgan o‘quv yilida ularda oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi o‘rtacha 20 foizga, yuqori ko‘rsatkich esa 50 foizgacha yetkazildi. Oliy ta’lim muassasamiz qoshidagi akademik litsey, 2 ta texnikum, 13 ta chet tiliga, 7 ta fizikaga, 5 ta matematikaga, 3 ta kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashgan maktablarda kafedra filiallari tashkil etildi, metodik yordam ko‘rsatuvchi “mobil guruhlar” tomonidan mahorat darslari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda universitetimizning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada yaxshilagani, 6 ta o‘quv binosi, sport inshootlari ta’mirlanib, “Workout” maydonchalari barpo etilganini alohida e’tirof etish kerak. Ayni paytda universitetimizga tegishli hududlarda oshirilgan kontrakt mablag‘lari hisobidan 2 ming 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi, davlat xususiy sherikchiligi asosida 1 ming 200 o‘rinli 2 ta talabalar turar-joyi qurilmoqda. Shuningdek, kafedralarning ustuvor ilmiy yo‘nalishlari belgilab olindi, ularni amaliyot bilan bog‘lovchi 27 ta ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Bulardan tashqari, iqtidorli talabalar innovatsiyalari hamda startap loyihalarini rivojlantirish maqsadida inkubatsiya markazi hamda 9 ta ilmiy laboratoriyani qamrab olgan “STEAM PARK” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro reyting va indikatorlar bilan ishlash markazi tashkil etilmoqda.

– Siz rahbarlik qilayotgan universitet mamlakatimiz oliygohlari orasidagi reytinggini oshirish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 

– Universitetning yangidan tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga ko‘ra, yangi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi” tashkil etilgan. Ushbu bo‘lim jahon oliy ta’lim tizimidagi eng so‘nggi taraqqiyot tendensiyalarini tahlil qilish va universitetning rivojlanish strategiyasi bo‘yicha konsepsiya tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Biz “QS, THE” kabi jahon universitetlari reytinglari indikatorlari hamda milliy reyting ko‘rsatkichlarimizni tizimli tahlil qilgan holda ishlarimizni tashkil qilishga kirishganmiz. Xudo xohlasa ushbu loyihamiz amalga oshadi. Biz bu ezgu amal yo‘lida astoydil, butun jamoamiz bilan birdamlikda, bir kuch bo‘lib mehnat qilayapmiz, reyting ko‘rsatgichlarimiz nafaqat respublika, balki xalqaro darajada ham  yuksalishiga ishonaman.

– bugungi kunda professor Shavkat Sharipovni – universitet rektori sifatida oliygohda o‘ylantiradigan, qiynaydigan qanday muammo mavjud?

– Meni universitet rektori sifatida ham, o‘qituvchi, ustoz sifatida ham o‘ylantiradigan eng dolzarb masala deymizmi, muammo deymizmi, xullas bu – bitiruvchi talabalarimizning bandligi bilan bog‘liq, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mendan boshlab, barcha jamoamiz professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarimiz bandligini ta’minlashga mas’ul ekanligini unutmasligi kerak. 2021-2022 o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishlarini kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida bitirgan 523 nafar talabadan 476 nafari  uch tomonlama shartnoma asosida ishga joylashgan. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini to‘lov-kontrakt asosida bitirgan 1 ming 473 nafar talabadan 1 ming 343 nafarining bandligi ta’minlangan. 

–Ustoz murabbiylarga, muallimlarga, qolaversa, bo‘lajak hamkasblaringizga tilaklaringiz?

– bugungi shiddatli zamonda barcha yaratilayotgan sharoitlar bizning oldimizga g‘oyat muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda, mas’uliyat yuklamoqda. Albatta, yoshlarimizning bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, o‘quv binolarini qurish, ularni zamonaviy jihozlash mumkin. Lekin talabalarimizga yuksak mezonlar asosida ta’lim-tarbiya beradigan, yangicha, innovatsion fikrlaydigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish – bu eng og‘ir vazifa va u barchamizdan juda katta mas’uliyat talab etadi.  Shu ma’noda, bugun universitetimizda faoliyat yuritayotgan pedagoglar universal mutaxassis, ham o‘rgatuvchi, ham o‘rganuvchi bo‘lishi, ya’ni, o‘z ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi, ijod qilishi talab qilinadi. Eng muhimi, u chinakam vatanparvar inson bo‘lishi zarur. Bu ma’noda “O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak!” degan shior bugun umummilliy harakatga aylandi va biz ana shu ezgu maqsad yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilishimiz, ijod qilishimiz shart. 

Ta’lim sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, hozirgi kunda o‘z maslahatlari bilan ta’lim sifatini oshirishda yaqindan yordam berib kelayotgan nuroniy ustozlarimizga suyanamiz va ta’zim qilamiz. Biz bugun zamonaviy bilimlarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida o‘qituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va qadrli muallimlarning bu ulug‘ xizmatini yuksak qadrlashimiz darkor. Zero, millatning, xalqning ertasi, taraqqiyoti aziz ustoz-muallimlar qo‘lida ekanini unutmasligimiz lozim.

Fursatdan foydalanib, muhtaram ustoz-muallimlarimizni, hamkasblarimizni, bo‘lajak o‘qituvchi – talaba-yoshlarimizni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan tabriklab, barchangizga uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, barkamol avlodga bilim berishdek ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

O‘zA muxbiri 

Abdujalol Qayumov suhbatlashdi

02.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar