2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir”

Bugun mamlakatimizda muhtaram ustozlarimiz, aziz murabbiylarimizning kasb bayramlari keng nishonlanmoqda. Eng sharafli va saodatli vazifaning fidoiy egalari bo‘lgan bu olijanob insonlar yonimizda ekan, har kunimiz shodiyona, tantanaga aylanajak.

Ustozlarimizning mamlakat suyanchi va tayanchi bo‘lgan yosh avlod qalbiga ilm-fan, ma’naviyat ziyosini ulashish, millatni ma’rifatli qilishday ulug‘vor va buyuk mehnatlari oldida hamisha ta’zimdamiz. Ushbu ezgulik yo‘lida ular bilan yelkadosh ekanimdan, ustozlik kasbini tanlaganimdan faxrlanaman. Ustoz ta’rifi borasida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari -

Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, Agar ustoz rozi – Tangri rozidur deya tarixiy satrlarni keltirganlari ham bejiz emas. Zero, bugun ularning zahmatlari, bergan ta’limi, yetaklagan tarbiya yo‘li bizga, farzandlarimizga hayotni o‘rgatdi, muvaffaqiyatlar eshigini ko‘rsatdi.

Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi barchamizni behad mamnun etdi. Unda ta’kidlaganidek, muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir. Shu bois, biz keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Xususan, oliy ta’lim tizimidagi yangilanishlar ham ta’lim sifatini oshirishga, pirovard maqsad esa Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni mehridaryo ziyokorlarning, ma’rifat ulashuvchilarning shodiyonasidir. Yangi O‘zbekistonning g‘ururi, faxri, qudrati siz ta’lim berayotgan yoshlar qo‘lida ekan, zimmangizdagi mamlakatning eng mas’uliyatli vazifasini ado etishda kuch-quvvat tilayman.

Bahodirjon Shermuhammedov,

Farg‘ona davlat universiteti rektori

01.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar