Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda 370 ta murojaat ijobiy hal etildi

Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi birinchi o‘rinbosari U.Muhammadiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev, vazirlik hamda idora rahbarlari tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 586 nafar fuqaro 616 masala bilan murojaat etdi. Fuqarolar asosan bandlik, kommunal xizmat, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam kabi masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Shundan 370 tasi ijobiy hal etildi.

– So‘nggi yillarda Nukus shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, – deydi “Juo‘azshi” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Saparniyoz Ko‘shboyev. – Hududimiz aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashda muammo bor. Sayyor qabulda mazkur masala bo‘yicha murojaat qildim. Murojaatim inobatga olinib, kelgusi yili yangidan suv tarmog‘i tortib beriladigan bo‘ldi.

Tadbirlar davomida 235 nafar fuqaroga o‘zini o‘zi band qilish maqsadida 155 nafariga elektro pech, 80 nafariga tikuv mashinasi berildi. 13 nafar fuqaroning doimiy ish bilan bandligi ta’minlandi. Shuningdek 92 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish, turar joyni ta’mirlash, kontrakt pulini to‘lash va davolanishga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

27.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar