
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Buxoro shahridagi nogironligi bo‘lgan ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat” uylari faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur tibbiy-ijtimoiy muassasalarda 267 nafar bolalar parvarishlanmoqda. 306 nafar ayollar istiqomat qilmoqda. “Muruvvat” uylari faoliyati bilan tanishish jarayonida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bu yerdagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, xususan kirish yo‘llarini asfalt bilan qoplash, bo‘sh yer maydonlarini hudud iqlimiga mos nihollar ekish orqali ko‘kalamzorlashtirish, ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan shaxslarning zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalari uchun zarur texnologik sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriq berdi.
Qo‘mita raisi “Muruvvat” uylarida mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlarida qatnashib, tarbiyalanuvchilarning quvonchiga sherik bo‘ldi. Shuningdek, Qorako‘l tumanidagi nogironligi bo‘lgan erkaklar “Muruvvat” uyi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu muassasada hozirda 305 nafar vasiylikka olingan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Ayni shu imkoniyatdan foydalanib, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Buxoro viloyatidagi “Muruvvat” uylariga 42 dona televizor va 24 ta konditsionerlarni beg‘araz topshirdi.
–Bularning barchasi Prezidentimizning sizlarga ko‘rsatayotgan yuksak g‘amxo‘rligi deb qabul qiling, – dedi Akmalxo‘ja Mavlonov. – Unutmang, sizlar hamisha Prezidentimizning doimiy e’tiboridasizlar. Prezidentimizning 2022 yil 30 iyuldagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori doirasida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda.
Qaror bilan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktirildi. Shuningdek, joriy yil 1 sentyabrdan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga bojxona organlari tomonidan aniqlanib, davlat daromadiga o‘tkazilgan tovar moddiy boyliklarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslantirilgan so‘rovlariga asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga beg‘araz topshirish huquqi berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |