
Har yili eng ulug‘, eng aziz bayram – mustaqillik kuni arafasida ko‘plab yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanadi. Ular orasida 100 yoshdan oshgan nuroniylarimizga ham alohida ehtirom ko‘rsatilib, "Shuhrat" medali beriladi.
Joriy yilda ham bu an’ana davom etdi. Yuz yosh bilan yuzlashib, davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bo‘lganlar orasida Olmaliq shahrida yashovchi Razavan Markabayeva ham bor. Onaxon turmush o‘rtog‘i Normat ota bilan 10 nafar farzandni tarbiyalab, uyli-joyli qildi. Bugun 31 nafar nabira, 85 nafar chevara ardog‘ida umrguzaronlik qilayotgan Razavan momo hayotidan manun.
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev onaxon yashayotgan xonadonda bo‘lib, davlatimiz rahbari nomidan momoga "Shuhrat" medali va bayram tuhfalarini topshirdi.
Dorilamon kunlar shukronasi, yurtimizdagi, viloyatdagi o‘zgarishlar, tinchlik-osoyishtalik ne’mati haqida suhbatlashildi. Onaxon duoga qo‘l ochib, tinchligimizga ko‘z tegmasin, xalqimizning boshi omon bo‘lsin, ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizga kuch-quvvat bersin, deya duo qildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |