Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Murojaatlar aksariyati joyida hal etildi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Angor tumanida aholi muammolarini o‘rganish uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Tumanning Sharq guli mahallasida tashkil etilgan ochiq muloqotda Angor, Sherobod, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Boysun tumanlari va Termiz shahridan kelgan 217 fuqaroning 264 muammosi tinglandi.   

–Farzandim uch yoshga to‘ldi, – deydi Angor tumanidagi Kattaqum mahallasida yashovchi R.Qurbonova.– Quloqlari eshitmaydi, nutqi yo‘q, gapirolmaydi. Shu masalada viloyat hokimiga murojaat etib, davolatish uchun mablag‘ so‘radim. Dardimni e’tibor bilan tinglagan hokim mutasaddilarga mablag‘ masalasida yordam berishni tayinladi. Shifokorlarga qizimning sog‘ligini doimiy nazorat qilib turish bo‘yicha tegishli topshiriqlarni berdi. Bundan juda mamnun bo‘ldim.  

Angor tumanidagi Xo‘janqon mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Xursanoy Boboqulova uy-joyini ta’mirlash uchun kredit mablag‘i ajratilishida yordam so‘radi. Viloyat hokimi  murojaatchining moliyaviy ahvoli va oilaviy sharoiti to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lgach, X.Boboqulovaning uy-joyi kredit mablag‘i hisobidan emas, homiylik yordamida ta’mirlab beriladigan bo‘ldi. 

Sayyor qabulda shuningdek, Sherobod, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Boysun tumanlari va Termiz shahridan kelib, ichimlik va oqova suvi, ichki yo‘llar ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot kabi masalalarda murojaat etgan fuqarolarning muammolari ham shu yerning o‘zida o‘rganilib, hal etish yo‘llari izlandi.  

Besh soat davom etgan ochiq muloqotda o‘rtaga tashlangan 43 ta masala joyida hal etildi. Yer ajratish bilan bog‘liq 4 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 217 ta muammoni hal etish uchun tegishli muddat belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.  
 

19.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar