
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda "O‘zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirmoqda.
Qo‘mita axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, loyihaning maqsadi -- chekka qishloq hududlaridagi "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.
Bu loyiha Prezidentimizning 2019 yil 7 martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi va 2020 yil 11 avgustdagi "Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosi asosida qabul qilingan.
Loyiha Yaponiya ijtimoiy rivojlanish fondining grant mablag‘lari hisobiga 2022-2024 yillarda Farg‘ona va Jizzax viloyatlarining 4 tadan tumanlaridagi mahallarida amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda.
Loyihaning amaliyotga joriy etilishi natijasida 3 ming 500 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar boshlang‘ich moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Shundan 350 ta eng yaxshi biznes loyihalar uchun 1,5 million AQSH dollari ajratish orqali hududdagi ayollar tadbirkorlik faoliyatiga jalb etiladi. Grant doirasida moliyalashtirilmagan biznes loyihalar belgilangan tartibda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |