
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida xushxabarlar doimo katta shodiyonaga aylanib ketadi. Prezidentimizning “Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tuman nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli Suvhiddin ota Sharofiddinov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangani ham shunday bo‘ldi.
Ravon qishlog‘idagi otaxonning xonadonidan qutlagani kelganlarning qadami uzilgani yo‘q. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi sektorlar rahbarlari otaxonni tabriklagani ularning xonadonida bo‘ldi. Otaxonni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklab, anchagina gurunglashdi.
– Mehnat va sidqidildan qilingan sa’y-harakat, Vatan ravnaqiga hissa qo‘shgan inson albatta, natijaga, samaraga erishadi. Inson halol mehnat qilsagina kamolotga yetadi, hurmat va izzatga sazovor bo‘ladi. Bugun mendan baxtli inson yo‘q, chunki Prezidentimizning e’tibori tufayli Vatanning ushbu yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldim.
Bu mukofot e’tibor va e’tirof natijasidir. Yoshlarga nasihatim – halol mehnat qiling, albatta, ajrini ko‘rasiz, - deydi otaxon.
Suvhiddin ota Sharofiddinovning asl kasbi - o‘qituvchilik. Bir necha yil boshlang‘ich sinflar muallimi sifatida faoliyat olib borgan. Hayotining asosiy qismini xalq xizmatiga bag‘ishlagan. Nafaqaga chiqqunga qadar mahalla raisi bo‘lib ishlagan Suvhiddin ota bugun qarilik gashtini surmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |